Moliyaviy ta'limni rivojlantirish maqsadida pedagogik yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun onlayn trening o‘tkazildi
Markaziy bank pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta'lim muassasalarining 3-4-kurs talabalari uchun ta'lim loyihasini amalga oshirmoqda, uning maqsadi ta'lim muassasalarining bo‘lajak o‘qituvchilari malakasini oshirish va maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy savodxonligni oshirish bo‘yicha o‘quv materiallarini ishlab chiqish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat
Loyiha davaomida Respublikaning barcha viloyatlaridan pedagogik yo‘nalishdagi 14 ta oliy ta'lim muassasalarini qamrab olish reja qilingan
Joriy yilning 14-iyun kuni Markaziy bank tomonidan 150 nafardan ortiq talaba-yoshlari uchun onlayn trening o‘tkazildi, unda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha materiallar hamda loyihani amalga oshirish tartibi va shartlari haqida ma'lumotlar taqdim etildi.
Talabalarga moliyaviy savodxonlik bo‘yicha darslar o‘tkazish yoki moliyaviy savodxonlik masalalarini joriy o‘quv fanlariga integratsiya qilish uchun ekspert maslahati bilan o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqish va g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar
Tanlovda maktab o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirish va yoshlikdan moliyaviy madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi eng yaxshi uslubiy ishlanmaning loyixasi aniqlanadi
Qo‘shimcha ma'lumotni quyidagi telefon orqali olishingiz mumkin: (71) 212-73-58, (71) 212-73-59
Finlit.uz! bilan moliyaviy savodxonlikni oshiring!
Tanlov qoidalari