Hurmatli o‘quvchi va талабалар!
Raqamli moliyaviy savodxonlik, moliyaviy xavfsizlik, raqamli moliyaviy xizmatlar haqida ko‘proq bilishni xohlaysizmi?
Markaziy bankning keng ko‘lamli ta’lim loyihasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
«Global Money Week 2024» doirasida Markaziy bank tomonidan tijorat banklari bilan birgalikda butun mamlakat bo‘ylab moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi.
Tadbirda raqamli moliyaviy savodxonlik haqida eng so‘nggi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
Yuqori malakali mutaxassislar siz uchun so‘zga chiqib, moliyaviy xavfsizlik, himoya va resurslaringizni ko‘paytirish haqida gapirib berishadi.
Mahorat darslari jadvali:
• 22 aprel – Termiz shahri
• 23 aprel – Qarshi shahri
• 24 aprel – Guliston, Farg‘ona shaharlari
• 25 aprel – Jizzax, Andijon, Nukus va Buxoro shaharlari
• 26 aprel – Samarqand, Namangan, Navoiy va Urganch shaharlari
Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:
Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha videoroliklar tanlovi g‘oliblari va volontyor – talaba yoshlar taqdirlandi
Respublikaning 12 ta hududida raqamli moliyaviy savodxonlik va moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha o‘quv tadbirlari o‘tkazildi
“Butunjahon pul haftaligi” (Global Money Week 2024) doirasida yoshlar o‘rtasida “Pullaringizni himoya qiling. Kelajagingizni ta’minlang” videoroliklar tanlovi yakunlandi