Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda hududlarda treninglar

4 Sen 2026 12:18
47
Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda hududlarda treninglar

Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatida ayollar bilan davra suhbatlari(treninglar) o‘tkazildi.

Ushbu treninglar davomida ishtirokchilarga pul, moliya, tadbirkorlik, omonat, moliyaviy havfsizlik, migrantlar uchun chet eldan to’gri va havfsiz pul yuborish, kredit kabi mavzularda tushuntirishlar olib borildi. Shu bilan birgalikda Migratsiya agentligi tomonidan migratsiyadan qaytganlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ketish oldidan nimalarga e’tibor berish kerakligi atroflicha tushuntirildi. Tadbir qatnashchilaridan tushgan savollarga Markaziy bank va Migratsiya agentligi hodimlari tomonidan javob berildi.

Trening davomida aholidan tumanda yaratilgan imkoniyatlar va bank sohasidagi kamchiliklar haqida fikr olindi va tadbirkorlikni boshlamoqchi bo’lganlarga tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan kreditlar haqida ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliyaviy savodxonlik bo‘yicha axborot-ta’lim veb-sayti finlit.uz hamda tijorat banklarining jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan moliyaviy xizmatlari haqidagi axborot portali bankxizmatlari.uz haqida ma’lumot berildi.

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda hududlarda treninglar

Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda hududlarda treninglar

Islomiy moliya bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazildi

Islomiy moliya bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazildi

"Moliyaviy savodxon mahalla" loyihasi

"Moliyaviy savodxon mahalla" loyihasi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X