Men bank kartamga pul kirim qilishim zarur bo‘ldi. Ammo dam olish kuni bo‘lganligi uchun buni bank orqali amalga oshira olmadim. Ushbu xizmatdan qanday qilib dam olish kunlari ham foydalanishim mumkin?

Oxirgi yangilanish   4 Apr 2022 12:01
232
Bugungi kunda, bank kartalarini bankomatlar orqali to‘ldirish mumkin. Bunday bankomatlar cash-in bankomatlar deyiladi. Bankomatning ushbu xizmatidan foydalanayotganda bankomatning ekrani orqali HUMO yoki UZCARD bank kartalarining qaysi biriga xizmat qilishiga aniqlik kiritib oling. Bankomatlarning joylashgan joyi bo‘yicha manzillarni uz_avtovash_bot orqali aniqlashingiz mumkin.


© finlit.uz, 2020-2025
Sayt yaratuvchisi Pixelcraft®