Ko’p beriladigan savollar

RSS
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
199
Yo‘q. Ta'minotchi korxona tomonidan sizga mahsulot (xizmat)lar to‘liq yetkazib berilgandan so‘ng hokim yordamchisi monitoring o‘tkazib dalolatnoma biriktiradi dasturga shundan so‘ng, ushbu dalolatnomaga asosan to‘lov amalga oshiriladi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
111
Ushbu holatda Siz xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining viloyat boshqarmasiga yoki Markaziy bank hududiy bosh boshqarmalariga og‘zaki yoki yozma murojaat qilishingiz mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
201
PQ-39-sonli qaror bo‘yicha  belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub'ektlariga 33 million so‘mgacha hokim yordamchisining tavsiyanomasi asosida ta'minotsiz kredit olishingiz mumkin. Bunda tijorat banklari o‘z mablag‘lari hisobidan kreditning qaytmaslik xatarini sug‘urtalaydi.
Bundan tashqari 50 million so‘mgacha garovsiz:
– agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik sub'ektlariga;
– maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va asbob uskunalarni sotib olish maqsadlari uchun kredit olishingiz mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
184
VM-373-sonli qaror bilan tasdiqlangan nizomning 40-bandiga asosan yetkazib berilgan mahsulot va xizmatlar uchun to‘lovlar bank tomonidan uch bank ish kunida mahsulot yetkazib beruvchiga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi deb belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari siz hokim yordamchisining tavsiyanomasi asosida kredit summasining 10 million so‘mgacha bo‘lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so‘mgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) o‘tkazib berish imkoniyati ham mavjud.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
177
O‘zini o‘zi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xomashyo, ehtiyot qismi hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln. so‘mgacha miqdorda kredit mablag‘lari naqd pulda hamda hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra, kredit summasining 10 million so‘mgacha bo‘lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so‘mgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) o‘tkazib berilishi mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
248
Ta'minotchi korxona bilan oldi-sotdi shartnomasi smart-market.uz internet sayti orqali tuziladi. Bunda bank bilan tuzilgan kredit shartnomasi raqami va sanasi (kredit shartnomasi ERI kalit orqali tomonlar tomonida to‘liq imzolangan bo‘lishi shart) hamda imzolash uchun ERI kaliti zarur bo‘ladi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
193
Mumkin. Sababi, hokim yordamchisi joyiga chiqib monitoring qilganidan so‘ng ham mahsulotni ta'minotchiga qaytarib berib, naqdlashtirishga intilish holatlari mavjud. Mazkur holatlarni aniqlash yoki oldini olish uchun bank filiallari xodimlari joyiga chiqib o‘rganishi mumkin hamda o‘rganish natijalariga ko‘ra kredit maqsadsizligi aniqlansa, tegishli dalolatnoma rasmiylashtiradi. Shu bilan birga, agar kredit maqsadliligi ta'minlanmasa yoki bank talabiga ko‘ra kredit mablag‘lari muddatidan oldin qaytarilmasa, bank tomonidan aybdorlarga nisbatan chora ko‘rilishi yuzasidan tegishli huquq-tartibot organlariga murojaat qilinishi mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
97
Mumkin. Bunda hokim yordamchisi tavsiyanoma bermagan bo‘lish kerak shundan keyin, siz telefon orqali SMS tarzida kelgan internet havola (ssilka, link)ga o‘tib, telefon raqamni to‘liq kiritasiz va bekor qilish tugmasini bosasiz hamda kelgan tasdiqlash kodi kiritasiz.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
146
Ushbu holatda faoliyat joyiga borgan holda hokim yordamchisi va mahalla vakillari ishtirokida dalolatnoma tuziladi va dalolatnoma xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi. O‘z navbatida, bank maqsadsiz ishlatilgan kreditlarni muddatidan oldin undirish choralarini ko‘radi. Shuningdek, avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalangan bo‘lsangiz dasturlar orqali yangi kredit ajratilishiga ruxsat etilmaydi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
78
Mijoz tomonidan ariza tasdiqlanmagan bo‘lsa, www.oilakredit.uz yagona elektron platformasi orqali qaytadan “ariza yuborish” havolasiga kiriladi. Arizani qayta yuborishni boshlaganda, “Sizning tasdiqlanmagan arizangiz bekor qilinishini xohlaysizmi” – “Ha” yoki – “Yo‘q” bo‘limlari chiqadi. “Ha” tugmasi belgilanganidan so‘ng avvalgi ariza avtomatik tarzda platforma bazasidan o‘chiriladi!

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
95
Ta'minotchi tomonidan yetkazib berilgan mahsulot sifatsiz bo‘lgan taqdirda ta'minotchiga mahsulotlarini qonunchilikda belgilangan tartibda qaytargan holda ushbu ta'minotchi bilan tuzilgan shartnoma qarz oluvchi tomonidan “Smart Market” elektron savdo maydonida bekor qilinadi. Shundan so‘ng boshqa ta'minotchi bilan qayta tanlov asosida shartnoma imzolanishi mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
61
Sizga kelgan smsdagi internet havolaga bosib, ma'lumot manbasiga o‘tgan holda sizning arizangiz rad etilgani sabablarini o‘qishingiz mumkin. Bundan tashqari elektron kalitingiz orqali shaxsiy kabinetingizga kirgan holda ariza holatini tekshirib turishingiz mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
78
Rad etilgan taqdirda, qarz oluvchi tomonidan “Smart Market” elektron savdo maydoni orqali elektron tarzda imzolangan mahsulot yetkazib berish shartnomasi hamda hisobvaraq-fakturasi dastlab bekor qilinishi kerak. So‘ng mijoz (arizachi) qayta mahsulot yetkazib berish (ta'minot) shartnomasini qayta tanlov asosida tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
61
Mahallalar kesimida resurslar shahar va tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib chiqilib, taqsimlanib, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan. Resurslar taqsimotini o‘zgartirish uchun shahar va tuman hokimligi asoslantirgan holda har oyning 10 sanasiga qadar mahallalar kesimida resurslarni qayta taqsimlab, viloyat hokimligiga taqdim etishi va viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanishi zarur.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
68
Ha, imkoni bor. Hokim yordamchisi tavsiyanoma berishdan oldin kredit maqsadi va summasiga o‘zgartirish kiritsa bo‘ladi. Hokim yordamchisi platforma orqali kelib tushgan arizalarga tavsiyanoma berishda qarz oluvchining yashash manziliga yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish joyiga chiqib, qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shart-sharoitini o‘rganadi va odatda qarz oluvchi bilan tadbirkorlik faoliyatiga oid masalalarni muhokama qiladi. Shu jarayonda qarz oluvchining arizasidagi kredit maqsadini va summasini o‘zgartirish mumkin. 2023 yil 1 iyundan boshlab aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga kredit ajratish jarayonida qarz oluvchini ID-kartadagi (biometrik pasportdagi) biometrik ma'lumotlar asosida identifikasiya qilish yo‘lga qo‘yildi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
126
Hududingizdagi Markaziy bank bosh boshqarmasining ishonch telefonlariga murojaat qilgan holda bu holatni bartaraf etsangiz bo‘ladi. Bu bo‘yicha Markaziy bank Sizga qaysi bankdan qancha kredit olganingiz, skoring tizimi orqali kredit qarzdorligingiz, kredit tarixingiz hamda kredit bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar olishingizda amaliy yordam ko‘rsatadi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
57
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli (VM 373-sonli nizom ssilka qo‘yish kerak) qarorlari, Dasturlar ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlarida viloyat, shahar va tuman hokimliklari, davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari dastur doirasida yetkazib berilayotgan mahsulotlar narxining sun'iy oshib ketishining oldini olishi, buning uchun “marketpleys” tizimida halol ta'minotchilar faoliyatini nazoratga olish, tovarlarning muddatida va sifatli yetkazib berilishini ta'minlashga shaxsan javobgar ekanligi belgilab qo‘yilgan. Shu sababli mazkur holatda Siz hududiy hokimliklarga murojaat qilishingiz mumkin.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
58
Kredit shartnomasini bekor qilish uchun ta'minot shartnomasi tuzilmagan bo‘lishi shart. Agar ta'minot shartnomasi tuzilgan va imzolangan bo‘lsa, birinchi navbatda ta'minot shartnomasini bekor qilib so‘ng kredit shartnomani bekor qilish mumkin.Kredit shartnomasini bekor qilish bo‘yicha bitim to‘liq imzolangandan so‘ng imtiyozli kredit olish uchun onlayn topshirilgan ariza va hokim yordamchisining tavsiyanomasi ham avtomatik tarzda bekor bo‘ladi. Kredit shartnomasini bekor qilgan arizachiga oilakredit.uz platformasiga qayta ariza topshirish imkoniyati ochiladi. Kredit shartnomasini bekor qilish arizachi yoki bank tomondan amalga oshiriladi. Qaysi taraf birinchi kredit shartnomasini bekor qilish uchun bitimni rasmiylashtirsa, o‘sha taraf birinchi imzolaydi. Kredit shartnomasi tijorat banki tomonidan bekor qilinsa, birinchi bank boshqaruvchisi imzolaydi, so‘ngra arizachi bitimni imzolaydi. Agar arizachi tomonidan kredit shartnomasini bekor qilinsa, birinchi arizachi, so‘ngra tijorat bank boshqaruvchisi bitimni imzolaydi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
58
Yagona elektron platformada aholi va tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan qoldirilgan arizalar dasturi, yo‘nalishi va mavsumiyligidan kelib chiqib alohida navbat asosida hokim yordamchisi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Hokim yordamchisi arizalarni ko‘rib chiqishda dastur, yo‘nalish va mavsumiyligini inobatga olib mustaqil tarzda tavsiya berish huquqiga ega.

Mazkur holatda esa hokim yordamchisi tomonidan arizani ko‘rib chiqishda kechikish holati mavjud bo‘lsa, bu vaziyatda hokim yordamchisiga murojaat qilish lozim.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
63
PQ-39-sonli qarorning 2-bandi 7-xatboshida ajratilgan kreditlarni o‘z muddatida qaytarmagan fuqaro va tadbirkorlik sub'ektlariga dasturlar doirasida yangi kreditlar berilishiga yo‘l qo‘yilmasligi qayd etilgan.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
60
Kredit olish uchun 18 yoshga to‘lgan bo‘lish kerak. 18 yoshga to‘lmagan fuqarolar nomidan ariza berilganda skoring tizimi orqali avtomatik ravishda ariza rad etiladi.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish
Oxirgi yangilanish: 15 Iyun 2023 12:36
68
Ha albatta hokim yordamchisining tavsiyanomasi kerak. Hokim yordamchisining tavsiyanomasisiz kredit ajratishning imkoni yo‘q. Bunday xolarda siz mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga murojaat qilasiz.

foydalanuvchilar javobni foydali deb hisoblaydi Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?


Chop etish


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X