Loyiha haqida
Loyiha haqida
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan e’tibor oshib bormoqda. Bu o’z navbatida, iqtisodiy tarraqqiyotining eng muhim omili hisoblangan fuqarolarning hayot sifati va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
"Finlit.uz" axborot-ta'lim resursi - bu moliya va iqtisodiyot sohasidagi asosiy bilimlarni o'qitish uchun mo'ljallangan veb-sayt. Resursning asosisy maqsadi moliyaviy savodxonlikni oshirish va fuqarolarning moliyaviy xulq-atvorlarini shakllantirishdir.
Har bir foydalanuvchi o’zini qiziqtirgan mavzu bo'yicha tegishli ma'lumotlarni topishi mumkin. Ma'lumotlar turli shakllarda taqdim etiladi: maqolalar, videolar, ekspertlar fikri, tez-tez beriladigan savollarga javoblar va infografika. Bundan tashqari, ushbu resurs depozit va kredit kalkulyatorlari, so’rovnomalar va anketalar kabi interaktiv xizmatlarni ham taqdim etadi.
Veb-sayt materiallari iqtisodiyot haqida har xil bilim darajasiga va turli moliyaviy imkoniyatlarga ega bo’lgan maqsadli guruhlarga mo'ljallangan. Bunda, sodda tilda iqtisodiy tushunchalar, mexanizmlar, moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar tushuntiriladi, misollar keltiriladi va moliyaviy qarorlarni qabul qilishda muhim jihatlar qayd etiladi.
Materiallarda keltirilgan ma'lumotlar aholiga tavsiya qilingan bo’lib, ular shaxsning moliyaviy savodxonligiga oid bilimlarni egallashga va xulq-atvorini shakllantirishga qaratilgan. Maqolalarda keltirilgan hisob-kitoblar maqolalarni nashr etilgan vaqti uchun to'g'ri keladi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti tomonidan amalga oshirilmoqda
1. MOLIYAVIY TA’LIM
- o‘qituvchilar uchun tanlov
“World Savings Day” va “Global Money Week” xalqaro kampaniyalari doirasida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida eng yaxshi “moliyaviy savodxonlik darsi”ni ishlab chiqish bo‘yicha tanlov.
- tijorat banklari bilan hamkorlikda maktablarda moliyaviy ta’lim loyihasi
Markaziy bank mutaxassislari va metodistlar tomonidan ishlab chiqilib butun respublika bo‘yicha umumta’lim maktablari o‘qituvchilari tomonidan amalga oshiriluvchi “maktablarda moliyaviy savodxonlik to‘garagi” loyihasi.
- tijorat banklari tomonidan maktablarda ochiq darslar
tijorat banklari tomonidan respublika bo‘ylab ularga biriktirilgan umumta’lim maktablarida o‘tkaziladigan ochiq darslar. Asosiy mavzular moliyaviy xavfsizlik qoidalari, jamg‘arma madaniyati va raqamli moliyaviy savodxonlikka bag‘ishlangan.
- yoshlar uchun tanlovlar
Markaziy bank va tijorat banklarining yoshlar uchun qimmatbaho sovg‘alar asosida ijodiy tanlovlari.
- moliyaviy matematika bo‘yicha onlayn test
maktab o‘quvchilari o‘rtasida khiso.uz va emaktab.uz ta’lim platformalarida sertifikatsiya asosida moliyaviy matematika bo‘yicha onlayn test sinovlari.
- talabalar uchun olimpiada
Markaziy bank tomonidan iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiada.
- “Moliyaviy savodxonlik asoslari” o‘quv qo‘llanmasi
Markaziy bank tomonidan bir qator universitetlar bilan hamkorlikda noiqtisodiy yo‘nalishdagi universitet talabalari uchun ishlab chiqilgan moliyaviy savodxonlik asoslari, moliyaviy xavfsizlik, zamonaviy bank xizmatlari, raqamli va mobil banking kabi mavzularni o‘z ichiga olgan darslik.
- universitetlar bilan hamkorlik memorandumlari
iqtisodiy va noiqtisodiy bo‘lmagan sohalardagi oliy o‘quv yurtlari bilan moliyaviy savodxonlik loyihalari sohasidagi o‘zaro hamkorlik memorandumlari.
2. “EDUTAINMENT” LOYIHALARI
- moliyaviy savodxonlik bo‘yicha taqvim
har bir sahifasida foydali ma’lumotlar, kreditlarni so‘ndirish
va jamg‘armalar yaratish kunlari, shuningdek moliyaviy maqsadlarni belgilash uchun maxsus stikerlarni o‘z ichiga oluvchi moliyaviy intizom taqvimi.
- Finlit.uz logotipi tushirilgan kobeydjing kartalar
Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha turli tanlovlar ishtirokchilari uchun sovg‘a sifatida tarqatiluvchi “finlit.uz” noyob dizayniga ega bo‘lgan “Humo-VISA” kobeydjing kartalari.
- moliyaviy savodxonlik bo‘yicha podkastlar
raqamli xavfsizlik, mas’uliyatli qarz olish, tejamkorlik, moliyaviy rejalashtirish mavzularida hamda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mashhur kitoblarning sharhlarini o‘z ichiga olgan rus va o‘zbek tillarida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ta’lim podkastlari.
- “moliyaviy savodxonlikning 4 fasli” forumi
yosh oilalar uchun “edutainment” usullaridan foydalangan holda ochiq formatdagi moliyaviy trening. Ushbu trening depozitlari orqali jamg‘arma madaniyatini yaratishga va moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari to‘g‘risida ma’lumot berishga, shuningdek shaxsiy moliyani boshqarish bo‘yicha tavsiyalar berishga qaratilgan.
- tijorat banklari bilan videoroliklar
bir nechta tijorat banklari bilan hamkorlikda moliyaviy savodxonlikning dolzarb mavzularidagi 15 ta animatsion va postanovkali videoroliklar.
- “Moliya olami” platformasi
moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bazaviy kurs vazifasini bajaruvchi “VISA” kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan onlayn ta’lim platformasi hisoblanadi va 4 ta mavzulashtirilgan modullardan o‘tishni ko‘zda tutadi. Ushbu modullardan muvaffaqiyatli o‘tgan foydalanuvchilar virtual diplomga ega bo‘lishadi.
- “Moliyaviy xatolar” nomli qo‘shiq va videoklip
taniqli ijodkor Yorqinxo‘ja Umarov tomonidan kuylangan moliyaviy xavfsizlik qoidalariga bag‘ishlangan “Moliyaviy xatolar” nomli qo‘shiq va videoklip. Ushbu asar Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida tayyorlangan.
3. MULTIPLIKATOR LOYIHALARI
- volontyor talabalar
Markaziy bank tomonidan maxsus kurs asosida o‘qitilgan iqtisodiy yo‘nalishdagi 3-4-bosqichdagi volontyor talabalar noiqtisodiy yo‘nalishdagi 1-2-bosqich talabalar uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha treninglar o‘tkazishadi hamda Markaziy bank sertifikatlari va “finlit.uz” noyob dizaynli “Humo-VISA” kobeydjing kartalari bilan mukofotlanishadi.
- bank agentlari
Markaziy bankning maxsus kursini tamomlagan “Mikrokreditbank” ATB agentlari hisoblangan bank xodimlari o‘z faoliyati bilan bir vaqtda respublikaning alohida hududlarida moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qilishda o‘z hissalarini qo‘shishdi.
- ToT/ToS loyihalari
Markaziy bank tomonidan tijorat banklari xodimlari ishtirokida trener
va konsultantlar tayyorlanib ular o‘z navbatida mijozlar uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha konsultatsiyalar olib borishdi. Birinchi guruh trenerlar Xalqaro moliya korporatsiyasi loyihasi doirasida jalb qilingan xalqaro mutaxassis tomonidan tayyorlandi.
- IT-Park tinglovchilari uchun “Raqamli moliyaviy savodxonlik” moduli
12 ta viloyatdagi IT-Park markazlarida kengaytirilgan “Kompyuter savodxonligi” kursidagi “Raqamli moliyaviy savodxonlik” moduli.
4. MEDIA LOYIHALAR
Radio loyihalar:
- “ORIAT Dono” radio kanalida – “Tavakkal” viktorinasi – 2020 yildan
Moliyav va bank sohasidagi 10 ta savoldan iborat tonggi radioviktorina. Gʻoliblarga Markaziy bankning esdalik sovg‘alari topshiriladi.
- “Avtoradio”da savol-javob loyihasi - 2021-2022
Real vaziyatlar va jamoatchilik murojaatlari asosida “savol-javob” formatidagi moliyaviy savodxonlik bo‘yicha 1050 ta audio eshittiruvlar.
- “ORIAT FM” radio kanalida “Moliyaviy maslahat” loyihasi- 2022
Muayyan holatlar bo‘yicha ekspyert maslahati formatida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha 12 ta audio eshittiruvlar.
- “Vodiy Sadosi” radio kanalida “Bank haqida afsonalar” loyihasi - 2023
Bank tizimi va bank xizmatlari haqidagi asossiz moliyaviy afsonalarni rad etishga qaratilgan audiotushuntirishlar.
TV loyihalar
- “Milliy TV” telekanalida “Moliyaviy bilim” maxsus hikoyalari - 2020
“Milliy TV” telekanalida “Shirchoy” ertalabki kundalik dasturi doirasida “Moliyaviy bilimlar” teleko‘rsatuvi.
- “Milliy TV” telekanalida “Bankir mahallasi” sitkomi - 2022
moliyaviy savodxonlikni o‘rgatuvchi “edutainment” formatidagi sitkom. Sitkom syujeti mahallada yashovchi bankirning o‘z qo‘shnilariga bank mahsulotlaridan foydalanish bo‘yicha sodda va tushunarli tilda berib boradigan moliyaviy maslahatlariga asoslangan.
- “O‘yin ichida” sitkomi - 2023
sitkom syujeti moliyaviy xulq-atvorni to‘g‘ri shakllantirishga, kundalik hayotda moliyaviy qarorlar qabul qilishda eng ko‘p uchraydigan xatolarni namoyish etib, ularni oldini olish bo‘yicha tavsiyalarga qaratilgan.
- “Uzreport TV” telekanalida – “Fayzli tong” teleko‘rsatuvi - 2023
Tijorat banklari hamda “Humo” to‘lov tizimi bilan hamkorlikda “Uzreport” telekanalining jonli efirida amalga oshirilgan “Fayzli tong” jonli dasturi.
- “O‘zbekiston 24” telekanalida “Moliyaviy madaniyat” teleloyihasi - 2024
Markaziy bank va tijorat banklari bilan qo‘shimcha loyiha bo‘lib, bank mutaxassislari bank tizimi va iste’molchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha teleko‘rsatuvlar turkumini yuritishlari ko‘zda tutilgan.
Bosma OAV dagi loyihalar
- «Darakchi», «Darakchi Plyus», «Sug‘diyona» gazetalarida - «Foydali manzil» rukni 2021 y.
Ryespublikaning chekka hududlarida yashovchi xotin-qizlar va yoshi katta aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida doimiy ravishda bosma OAV larda chop etib boriladigan maqolalar.
Internet sahifalaridagi loyihalar
- Finlit.uz sayti va ijtimoiy sahifalari
moliyaviy savodxonlik va moliyaviy madaniyatni targ‘ib qilishga qaratilgan “Finlit.uz” axborot-ta’lim resursi, “finlituzb” va “finlituzb_ru” rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida post, nashr, infografika, interaktiv so‘rovlar, video va intervyular.
- kun.uz, daryo.uz, potrebitel.uz, podrobno.uz kabi internet va ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi maxsus nashriyotlar – 2024 y.
onlayn ommaviy axborot vositalaridagi ta’lim va axborot postlari, maqolalar, shu jumladan moliyaviy savodxonlik bo‘yicha tavsiyalar va real holatlar tahlili.