Loyiha haqida

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan e’tibor oshib bormoqda. Bu o’z navbatida, iqtisodiy tarraqqiyotining eng muhim omili hisoblangan fuqarolarning hayot sifati va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

"Finlit.uz" axborot-ta'lim resursi - bu moliya va iqtisodiyot sohasidagi asosiy bilimlarni o'qitish uchun mo'ljallangan veb-sayt. Resursning asosisy maqsadi moliyaviy savodxonlikni oshirish va fuqarolarning moliyaviy xulq-atvorlarini shakllantirishdir.

Har bir foydalanuvchi o’zini qiziqtirgan mavzu bo'yicha tegishli ma'lumotlarni topishi mumkin. Ma'lumotlar turli shakllarda taqdim etiladi: maqolalar, videolar, ekspertlar fikri, tez-tez beriladigan savollarga javoblar va infografika. Bundan tashqari, ushbu resurs depozit va kredit kalkulyatorlari, so’rovnomalar va anketalar kabi interaktiv xizmatlarni ham taqdim etadi.

Veb-sayt materiallari iqtisodiyot haqida har xil bilim darajasiga va turli moliyaviy imkoniyatlarga ega bo’lgan maqsadli guruhlarga mo'ljallangan. Bunda, sodda tilda iqtisodiy tushunchalar, mexanizmlar, moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar tushuntiriladi, misollar keltiriladi va moliyaviy qarorlarni qabul qilishda muhim jihatlar qayd etiladi.

Materiallarda keltirilgan ma'lumotlar aholiga tavsiya qilingan bo’lib, ular shaxsning moliyaviy savodxonligiga oid bilimlarni egallashga va xulq-atvorini shakllantirishga qaratilgan. Maqolalarda keltirilgan hisob-kitoblar maqolalarni nashr etilgan vaqti uchun to'g'ri keladi.

Loyiha O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliyaviy savodxonlikni oshirish va bank mutaxassislarini qayta tayyorlash departamenti tomonidan amalga oshirilmoqda.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X