Navoiy viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

18.05.2023 11:15:21
75
Navoiy viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Joriy yilning 11-12 may kunlari Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda Navoiy viloyatining Xatirchi, Konimex va Tomdi tumanlarida xotin-qizlar, yoshlar hamda migrantlar va ularning oila a'zolarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlarini tashkil qildi.

Tadbir davomida bank omonatlari orqali jamg‘armalarni shakllantirish, foizlarni hisoblash tartibi, raqamli moliyaviy savodxonlik, moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari, ijobiy kredit tarixini shakllantirish uchun mas'uliyatli qarz olishning ahamiyati, shuningdek aholini imtiyozli kreditlash kabi moliyaviy savodxonlikning asosiy yo‘nalishlari interfaol formatda ochib berildi.

140 nafarga yaqin kam ta'minlangan hamda tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan ayollar, 65 nafarga yaqin yoshlar vakillari hamda 55 nafardan ortiq migrantlar va ularning oila a'zolariga kredit tashkilotlari bilan ishlash, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.

Trening ishtirokchilariga bank mahsulotlari bo‘yicha o‘quv yo‘riqnomalari hamda moliyaviy savodxonlikka oid kitoblar tarqatildi.

Markaziy bank mamlakatimizning chekka hududlarida ustuvor maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘quv-ta'lim tadbirlarini davom ettiradi.

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Markaziy bank tomonidan bank xizmatlari ommabopligini o‘rganish va aholining moliyaviy bilimlarini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurildi

Markaziy bank tomonidan bank xizmatlari ommabopligini o‘rganish va aholining moliyaviy bilimlarini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurildi

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalarining salohiyatli xodimlari tomonidan respublikamizning chekka tumanlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan o‘quv-tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Moliyaviy madaniyatni shakllantirish, "kibergigiyena"ga o‘rgatish va mikromoliya xizmatlarini ommalashtirish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlari

Moliyaviy madaniyatni shakllantirish, "kibergigiyena"ga o‘rgatish va mikromoliya xizmatlarini ommalashtirish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlari

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X