Yangi multiplikator loyiha orqali maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

24.05.2023 17:35:12
122
Yangi multiplikator loyiha orqali maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki respublikamiz bo‘ylab maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha yangi multiplikator loyihani yo‘lga qo‘ydi

Loyihadan ko‘zlangan oliy maqsad respublikamizning chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholi, xotin-qizlar, yoshlar, oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘qituvchi va o‘quvchilar, mehnat migrantlari va ularning oila a'zolari, tadbirkorlikni yaqinda boshlagan ishbilarmon ayollar va ijtimoiy himoya daftarlarida ro‘yxatda turuvchi fuqarolarning  yashash joyi, qatlami, mavjud muammolarini, iqtisodiy rivojlanganlik darajasi va talabini inobatga olgan holda bank va moliya sohasidagi bilimlarini muntazam oshirib borish va muammolar o‘z yechimini topishida to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdan iborat

Shularni inobatga olgan holda, Markaziy bank tomonidan 40 ga yaqin salohiyatli kadrlardan iborat maxsus guruh tashkil etilib, ular moliyaviy savodxonlikni oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha alohida suhbatlar va tayyorgarliklardan o‘tkazilib, trener sifatida tayyorlandi

Hozirda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha maxsus tayyorlangan trener-konsul'tantlar tomonidan respublikamizning barcha hududlarida maqsadli guruhlar uchun seminar-treninglar va mahorat darslarini tashkillashtirish ishlari boshlab yuborildi

Joriy yilning 19 may kuni Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida, 22 may kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etildi

Tadbir davomida shaxsiy moliyaviy mablag‘larni boshqarish, bank omonatlari va kredit tarixi, aholini imtiyozli kreditlash dasturlari, subsidiya orqali ipoteka kreditlari olish, shuningdek, kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklarni yengib o‘tish, ta'lim va tadbirkorlik faoliyatiga sarmoya kiritish kabi mavzularga alohida e'tibor qaratildi

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Yangi multiplikator loyiha orqali maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

Yangi multiplikator loyiha orqali maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

14-15 yoshdagi maktab o‘quvchilariga o‘zlarining moliyaviy savodxonlik darajasini tekshirishlari uchun ajoyib imkoniyat

14-15 yoshdagi maktab o‘quvchilariga o‘zlarining moliyaviy savodxonlik darajasini tekshirishlari uchun ajoyib imkoniyat

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X