Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Farg‘ona viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

23 Iyun 2023 09:38
139
Farg‘ona viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Joriy yilning 19-20 iyun' kunlari Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda Farg‘ona viloyatining Furqat, Yozyovon va Farg‘ona tumanlarida xotin-qizlar va yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari tashkil qildi

O‘quv tadbiri davomida bank omonatlari orqali jamg‘armalarni shakllantirish, foizlarni hisoblash tartibi, ijobiy kredit tarixini shakllantirish uchun mas'uliyatli qarz olishning ahamiyati, moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lganlarga imtiyozli kreditlash, shuningdek, raqamli moliyaviy savodxonlik kabi asosiy yo‘nalishlar interfaol usulda tushuntirildi.

128 nafarga yaqin kam ta'minlangan hamda tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan ayollar, 108 nafarga yaqin yoshlar vakillari hamda 10 nafardan ortiq migrantlar va ularning oila a'zolariga kredit tashkilotlari bilan ishlash, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi

Trening ishtirokchilariga bank mahsulotlari bo‘yicha o‘quv yo‘riqnomalari hamda moliyaviy savodxonlikka oid kitoblar tarqatildi

Markaziy bank mamlakatimizning chekka hududlarida xotin-qizlar va yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan o‘quv-ta'lim tadbirlarini davom ettiradi

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

"Moliyaviy savodxon mahalla" loyihasi

"Moliyaviy savodxon mahalla" loyihasi

Ayollar va yoshlarning moliyaviy madaniyatini shakllantirish, “kibergigiyena”ga o‘rgatish va mikromoliya xizmatlarini ommalashtirish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlaridan biri

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari mutaxassislari moliyaviy savodxonlik va ommaboplik yo‘nalishida malakasi oshirildi

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari mutaxassislari moliyaviy savodxonlik va ommaboplik yo‘nalishida malakasi oshirildi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X