Andijon viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

29.07.2023 13:28:05
98
Andijon viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Joriy yilning 24-26 iyul' kunlari Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda Andijon viloyatining Jalaquduq, Izboskan, Marxamat, Paxtaobod, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarida maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari tashkil qildi

O‘quv tadbiri davomida bank omonatlari orqali jamg‘armalarni shakllantirish, foizlarni hisoblash tartibi, ijobiy kredit tarixini shakllantirish uchun mas'uliyatli qarz olishning ahamiyati, moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lganlarga imtiyozli kreditlash, shuningdek, raqamli moliyaviy savodxonlik kabi asosiy yo‘nalishlar interfaol usulda tushuntirildi

449 nafar kam ta'minlangan hamda tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan ayollar, 230 nafar yoshlar vakillari hamda 151 nafar migrantlar va ularning oila a'zolariga kredit tashkilotlari bilan ishlash, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi

Trening ishtirokchilariga bank mahsulotlari bo‘yicha o‘quv yo‘riqnomalari hamda moliyaviy savodxonlikka oid kitoblar tarqatildi

Markaziy bank mamlakatimizning chekka hududlarida xotin-qizlar va yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan o‘quv-ta'lim tadbirlarini davom ettiradi

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Markaziy bank tomonidan bank xizmatlari ommabopligini o‘rganish va aholining moliyaviy bilimlarini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurildi

Markaziy bank tomonidan bank xizmatlari ommabopligini o‘rganish va aholining moliyaviy bilimlarini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurildi

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalarining salohiyatli xodimlari tomonidan respublikamizning chekka tumanlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan o‘quv-tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Moliyaviy madaniyatni shakllantirish, "kibergigiyena"ga o‘rgatish va mikromoliya xizmatlarini ommalashtirish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlari

Moliyaviy madaniyatni shakllantirish, "kibergigiyena"ga o‘rgatish va mikromoliya xizmatlarini ommalashtirish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlari

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X