Shu yilning 2 avgustida, O‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida Markaziy bank IT-park bilan hamkorlikda 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan 60 nafardan ortiq hududiy IT-markazlarining o‘qituvchilari va xodimlarini raqamli moliyaviy savodxonlikka tayyorlash bo‘yicha trening o‘tkazdi.
Loyihani amalga oshirish 2023 yil avgust oyidan boshlab “Raqamli moliyaviy savodxonlik” modulini 14 ta mintaqaviy IT-markazlarda “Komp'yuter savodxonligi” kursiga kiritishni nazarda tutadi.
Trening doirasida ishtirokchilarga raqamli bank xizmatlarining asosiy tushunchalari, foizlarni hisoblash tartibi, mas'uliyatli qarz olish, ijobiy kredit tarixi, moliyaviy xavfsizlik qoidalari batafsil tushuntirildi
Bundan tashqari, ishlab chiqilgan dastur uchta raqamli ta'lim resurslari:- Finlit.uz veb-saytida depozit/kredit onlayn kal'kulyatorlari
- Bankxizmatlari.uz jismoniy shaxslar uchun tijorat banklarining moliyaviy xizmatlari axborot portali
- Oilakredit.uz oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturining yagona elektron platformasidan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi