Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda Samarqand viloyatining Nurobod, Paxtachi, Payariq va Qo‘shrabod tumanlarida maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari tashkil qildi.
O‘quv tadbiri davomida ijobiy kredit tarixini shakllantirish uchun mas'uliyatli qarz olishning ahamiyati, moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari, bank omonatlari orqali jamg‘armalarni shakllantirish, foizlarni hisoblash tartibi, raqamli moliyaviy savodxonlik, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lganlarga imtiyozli kreditlash kabi asosiy yo‘nalishlar interfaol usulda tushuntirildi
331 nafar kam ta'minlangan hamda tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan ayollar, 86 nafar yoshlar vakillari hamda 115 nafar migrantlar va ularning oila a'zolariga kredit tashkilotlari bilan ishlash, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi
Markaziy bank mamlakatimizning chekka hududlarida moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘quv-ta'lim tadbirlarini davom ettiradi