Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha interaktiv platforma ishga tushirildi

6 Okt 2023 18:30
834
Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha interaktiv platforma ishga tushirildi

“Moliya olami” interaktiv ta'lim platformasi Markaziy bank tomonidan VISA to‘lov tashkiloti bilan hamkorlikda ishga tushirildi.

“Moliya olami”- bu aholi uchun interaktiv “edutainment” formatidagi onlayn o‘quv ta'lim loyihasi.

Platforma o‘quv tematik modullarining 4 ta bosqichidan o‘tishni nazarda tutadi:

  1. «Bilimlar mamlakati» - kartalar va banklar haqida asosiy bilimlar
  2. «Chiqimlar mamlakati» - mablag‘larni oqilona sarflash  
  3. «Omonatlar mamlakati» - jamg‘armalar va sarmoyalar
  4. «Biznes mamlakati» - biznes uchun maslahatlar va layfhaklar

Har bir ishtirokchi 4 ta bosqichdagi moduldan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda virtual diplomga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, ishtirokchilar platformada moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘quv resurslaridan va bank kartalarini ochish uchun tijorat banklarining veb-saytlari havolalaridan foydalanishlari mumkin.

https://financeworld.uz/

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Global Money Week 2025: Moliyaviy savodxon avlodni ilhomlantirish

Global Money Week 2025: Moliyaviy savodxon avlodni ilhomlantirish

Endilikda noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik dasturi joriy etiladi!

Endilikda noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik dasturi joriy etiladi!

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha "Eng yaxshi o‘qituvchi" tanlovining hududiy bosqichi g‘oliblarini tabriklaymiz!

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha "Eng yaxshi o‘qituvchi" tanlovining hududiy bosqichi g‘oliblarini tabriklaymiz!



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X