Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Markaziy bank tomonidan bank xizmatlari ommabopligini o‘rganish va aholining moliyaviy bilimlarini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurildi

Markaziy bank tomonidan bank xizmatlari ommabopligini o‘rganish va aholining moliyaviy bilimlarini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurildi

21 Iyun 2024 12:03
453
Markaziy bank tomonidan bank xizmatlari ommabopligini o‘rganish va aholining moliyaviy bilimlarini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurildi

Xotin-qizlar va yoshlarning moliyaviy madaniyatini shakllantirish hamda ularda "kibergigiyena"ni shakllantirish va boshqa maqsadli guruhlar o‘rtasida mikromoliya xizmatlarini ommalashtirish ishlari davom etmoqda.

Respublikamizning chekka tumanlarida aholining kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish va ularga qarshi kurashishda “kibergigiyena”ni shakllantirish, banklarga bo‘lgan ishonchini hamda raqamli moliyaviy savodxonligini va bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Markaziy bank tomonidan bank xizmatlari ommabopligini o‘rganish va aholining moliyaviy bilimlarini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurildi.

Xususan, Sirdaryo viloyatining Xovos, Guliston, Sardoba va Sayxunobod tumanlarida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida 322 nafar xotin-qizlar, 166 nafar yoshlar hamda 42 nafar tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Treningda Markaziy bank va tijorat banklari mutaxassislari tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish, jumladan, o‘zini-o‘zi band qilishda yaratilgan mikromoliyaviy xizmatlarning imkoniyatlari, imtiyozli kreditlash dasturlari, ijobiy kredit tarixini shakllantirishda mas’uliyatli qarz olishning ahamiyati, kredit tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda hududlarda treninglar

Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda hududlarda treninglar

Islomiy moliya bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazildi

Islomiy moliya bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazildi

"Moliyaviy savodxon mahalla" loyihasi

"Moliyaviy savodxon mahalla" loyihasi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X