Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida “Moliyaviy savodxonlik asoslari” o‘qitilishi boshlanadi

9 Avg 2024 16:06
1494
Noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida “Moliyaviy savodxonlik asoslari” o‘qitilishi boshlanadi

Markaziy bank tomonidan “Moliyaviy savodxonlik asoslari” o‘quv qo‘llanmasini noiqtisodiy yo‘nalishda tahsil oluvchi talabalarga o‘qitish maqsadida respublika bo‘yicha 37 ta oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Hamkorlik doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tavsiyasi bilan 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga kiritilmoqda

Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahrida “Moliyaviy savodxonlik asoslari”ni o‘qitishga mas’ul bo‘lgan 81 nafar professor-o‘qituvchilar uchun Markaziy bank tomonidan onlayn va oflayn treninglar o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Markaziy bank mutaxassislaridan javoblar oldilar

Loyihani amalga oshirish va o‘qitish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savollar bo‘yicha Markaziy bankning doimiy ekspert ko‘magi ko‘rsatilishi belgilab olindi.

Mazkur loyihada ishtirok etishga qiziqish bildirgan oliy ta’lim muassasalari tashabbuslari ma’qullanadi

Aloqa uchun raqamlar: (71) 212-73-56, (71) 212-73-58

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha "Eng yaxshi o‘qituvchi" tanlovining hududiy bosqichi g‘oliblarini tabriklaymiz!

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha "Eng yaxshi o‘qituvchi" tanlovining hududiy bosqichi g‘oliblarini tabriklaymiz!

Moliyaviy savodxonlikka oid loyihalarni mustaqil amalga oshirishdan manfaatdor bo'lgan tashkilotlar uchun tavsiyaviy-uslubiy qo'llanma

Moliyaviy savodxonlikka oid loyihalarni mustaqil amalga oshirishdan manfaatdor bo'lgan tashkilotlar uchun tavsiyaviy-uslubiy qo'llanma

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining moliyaviy bilimlarini oshirish uchun imkoniyat yaratilmoqda

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining moliyaviy bilimlarini oshirish uchun imkoniyat yaratilmoqda



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X