Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari mutaxassislari moliyaviy savodxonlik va ommaboplik yo‘nalishida malakasi oshirildi

23 Okt 2024 08:58
261
Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari mutaxassislari moliyaviy savodxonlik va ommaboplik yo‘nalishida malakasi oshirildi

Joriy yilda ikkinchi marotaba Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari salohiyatli xodimlari uchun moliyaviy savodxonlik va ommaboplik yo‘nalishida malaka oshirishga doir amaliy trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Ushbu amaliy trening hududlarda faoliyat yuritayotgan salohiyatli xodimlarning moliyaviy bilimlarini oshirishga hamda ular orqali chekka tuman (shahar)larda aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy savodxonligini va bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish ishlarini tizimli ravishda davom ettirishga xizmat qiladi.

Seminar davomida quyidagi dolzarb mavzular qamrab olindi:
  • aholini biznesga jalb qilish va tadbirkorlik faoliyatini boshlashning muhim jihatlari;
  • tadbirkorlar uchun faktoring xizmatlarining jozibadorligi;
  • mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatish tartibi;
  • moliyaviy xavfsizlik, bank kartalari bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish bo‘yicha  amalga oshirilayotgan ishlar;
  • ustuvor maqsadli guruhlar uchun o‘quv tadbirlari tashkil etishning yangi shakllari hamda dolzarb yo‘nalishlari. 

Markaziy bank hududiy bosh boshqarmalari vakillari tomonidan moliyaviy savodxonlik bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yilga mo‘ljallangan loyihalar yuzasidan ma’lumot berildi hamda o‘zaro muhokamalar asosida fikr almashildi.

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Ayollar va yoshlarning moliyaviy madaniyatini shakllantirish, “kibergigiyena”ga o‘rgatish va mikromoliya xizmatlarini ommalashtirish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlaridan biri

Ayollar va yoshlarning moliyaviy madaniyatini shakllantirish, “kibergigiyena”ga o‘rgatish va mikromoliya xizmatlarini ommalashtirish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlaridan biri

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari mutaxassislari moliyaviy savodxonlik va ommaboplik yo‘nalishida malakasi oshirildi

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari mutaxassislari moliyaviy savodxonlik va ommaboplik yo‘nalishida malakasi oshirildi

Respublikamizning chekka tumanlarida aholining kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish, banklarga bo‘lgan ishonchini hamda raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X