Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining moliyaviy bilimlarini oshirish uchun imkoniyat yaratilmoqda

6 Yan 2025 10:53
219
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining moliyaviy bilimlarini oshirish uchun imkoniyat yaratilmoqda

Markaziy bank tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari supervayzerlari uchun ikki kunlik o‘quv-dasturi doirasida trening o‘tkazildi.


Mazkur multiplikator loyiha doirasida tayyorlangan bosh trenerlar orqali mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni o‘qitish va shu orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining moliyaviy savodxonligini oshirish va bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsad qilingan.

Ushbu ikki kunlik o‘quv-dastur doirasida quyidagi mavzularga alohida e'tibor qaratildi, xususan:
  • pulni to‘g‘ri boshqarish;
  • aholini tadbirkorlikka jalb qilish;
  • ijobiy kredit tarixini shakllantirishda mas'uliyatli qarz olishning ahamiyati;
  • moliyaviy xavfsizlikni ta'minlash, bank kartalari bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashishda “kibergigiena”ni shakllantirish; 
  • aholi bandligini ta'minlash uchun tijorat banklari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan startap loyihalar va raqamli platformalar;
  • raqamli moliyaviy savodxonlikni oshirish kabi mavzularda tashkil etildi.

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Global Money Week 2025: Moliyaviy savodxon avlodni ilhomlantirish

Global Money Week 2025: Moliyaviy savodxon avlodni ilhomlantirish

Endilikda noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik dasturi joriy etiladi!

Endilikda noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik dasturi joriy etiladi!

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha "Eng yaxshi o‘qituvchi" tanlovining hududiy bosqichi g‘oliblarini tabriklaymiz!

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha "Eng yaxshi o‘qituvchi" tanlovining hududiy bosqichi g‘oliblarini tabriklaymiz!



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X