Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha "Eng yaxshi o‘qituvchi" tanlovining hududiy bosqichi g‘oliblarini tabriklaymiz!

23 Apr 2025 14:01
179
Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha "Eng yaxshi o‘qituvchi" tanlovining hududiy bosqichi g‘oliblarini tabriklaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan, tijorat banklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda mamlakatning 100 ta maktabida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyiha amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning respublika bosqichi finaliga yo‘llanma olgan eng yaxshi 14 nafar o‘qituvchilarni tabriklaydi.

Final bosqichiga o‘tgan ishtirokchilar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin
.
Tanlov finali quyidagicha bo‘lib o‘tadi:

Sana: 2025-yil 25-aprel
Boshlanish vaqti: soat 10:00da
Manzil: Toshkent shahri (Abay ko‘chasi, 4a-uy, Turonbank bosh ofisi)

Final bosqichida har bir ishtirokchiga shaxsiy dars berish tajribasi, uslublari va moliyaviy savodxonlikka oid bilimlarni o‘quvchilarga o‘rgatish bo‘yicha yondashuvlarini namoyish etish imkoniyati beriladi.

Tanlovda faxrli o‘rinlar egallaganlar mukofotlanadi:

  • 1-o‘rin – noutbuk
  • 2-o‘rin – smartfon
  • 3-o‘rin – planshet
Barcha finalchilar uchun diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alari taqdirlanadi!
Mazkur loyiha nafaqat o‘qituvchilar uchun kasbiy sinov, balki yosh avlodning moliyaviy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamdir.

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

“Moliyaviy savodxon mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.

“Moliyaviy savodxon mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Global Money Week 2025: Moliyaviy savodxon avlodni ilhomlantirish

Global Money Week 2025: Moliyaviy savodxon avlodni ilhomlantirish

Endilikda noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik dasturi joriy etiladi!

Endilikda noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik dasturi joriy etiladi!



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X