Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Moliyaviy va Kiber Savodxonlik: UZCARD, AloqaBank va finlit.uz yangi avlodni qanday o‘qityapti

13 Okt 2025 16:05
258
Moliyaviy va Kiber Savodxonlik: UZCARD, AloqaBank va finlit.uz yangi avlodni qanday o‘qityapti

2025 yil 2–3 oktyabr kunlari UZCARD kompaniyasi hamkorlari — AloqaBank va ta’lim platformasi finlit.uz ko‘magida Toshkent maktab o‘quvchilari uchun moliyaviy va kiberxavfsizlik bo‘yicha interaktiv darslar o‘tkazdi.

Loyiha yoshlar orasida pulga ongli munosabatni shakllantirish va raqamli xavfsizlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan keng tashabbusning bir qismi bo‘ldi.

Darslarda 225-maktab va “Evrika” nodavlat ta’lim muassasasining 300 dan ortiq o‘quvchilari ishtirok etishdi.

UZCARD mutaxassislari bolalarga zamonaviy moliyaviy tizim qanday ishlashini, pulni to‘g‘ri boshqarishning ahamiyatini va o‘zlarini raqamli tahdidlardan qanday himoya qilishni tushuntirib berishdi.

Dastur uchta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oldi:

1. Moliyaviy savodxonlik.

O‘quvchilar shaxsiy byudjetni rejalashtirish, xarajatlarini tahlil qilish va moliyaviy maqsadlar qo‘yishni o‘rgandilar.

2. To‘lov ekotizimi qanday ishlaydi.

Mutaxassislar to‘lov tizimlari bilan banklar o‘rtasidagi farqni tushuntirib, bu elementlarning kundalik hayotdagi o‘zaro aloqasini amaliy misollar orqali ko‘rsatdilar.

3. Kiberxavfsizlik.

Ma’lumotlarni himoya qilish, internet firibgarligini aniqlash va onlayn muhitda xavfsiz harakat qilish qoidalariga alohida e’tibor qaratildi.

Interaktiv yondashuv, hayotiy misollar va qisqa o‘yin topshiriqlari tufayli darslar qiziqarli va esda qolarli bo‘ldi.

Ushbu darslarni UZCARD’ning texnik va ta’limiy tajribani birlashtirgan mutaxassislari olib bordilar:

Aliev Giyosjon va Ibrohimov Sunnatilla, mahsulot menejerlari

Rustamxodjaeva Ruhsoraxon, UZCARD KIDS loyihasi commyunity-menejeri

Shokamolov Botirjon, axborot xavfsizligi bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Akromov Samandar, Axborot xavfsizligi departamentining bosh mutaxassisi

O‘rganilgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida darslar moliyaviy mavzudagi mini-o‘yinlar bilan yakunlandi. Eng faol o‘quvchilar UZCARD KIDS tomonidan sovg‘alar — “Moliyaviy kod: Men kimman?” va “Biznes-kod” nomli nastol o‘yinlarini qo‘lga kiritdilar. Ushbu o‘yinlar bolalarga pulni boshqarish asoslarini o‘yin tarzida o‘rganishga yordam beradi.

Ushbu ta’lim tashabbusi — yosh avlod orasida moliyaviy madaniyat va raqamli xavfsizlikni oshirishga qaratilgan UZCARD’ning uzoq muddatli strategiyasining bir qismidir.

Bizning yangiliklarimizni kuzatib boring — oldinda yanada ko‘proq darslar, o‘yinlar va kashfiyotlar kutmoqda!


Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Moliyaviy fikrlashni boshlagan yangi avlod

Moliyaviy fikrlashni boshlagan yangi avlod

Finlit.uz va Omonatlarni kafolatlash agentligi videotanlov e’lon qiladi!

Finlit.uz va Omonatlarni kafolatlash agentligi videotanlov e’lon qiladi!

Coding Challenge uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Coding Challenge uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X