Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo`yicha belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek O`zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi o`rnini yuksaltirish maqsadida “Umumjahon pul haftaligi 2020” (Global money week) doirasida quyidagi tadbirlar o`tkazildi:
- Maktab o`quvchilari o`rtasida milliy insholar tanlovi.
- Moliyaviy ta`lim sohasidagi eng yaxshi jurnalistik ish uchun ommaviy axborot vositalari vakillari o`rtasidagi milliy tanlov.
- Yoshlar o`rtasida videoroliklar milliy tanlovi.
- Blogerlar o`rtasida moliyaviy savodxonlik mavzusini eng yaxshi yoritish bo`yicha milliy tanlov.
- direktor.uz onlayn kursini yakunlash bo`yicha talabalar o`rtasida tanlov.
- Moliyaviy xizmatlar iste`molchilari uchun “Iste`molchi eslatmasi” nomli maxsus broshyura nashri.
- Maktab o`quvchilarining tijorat banklariga tashriflari.
- Bolalar uchun o`quv tadbirlari.
- “Milliy TV” telekanalida “ZAKOVAT” milliy teledasturining “Umumjahon pul haftaligi” (Global money week)ga bag`ishlangan maxsus soni.
- Yoshlar uchun “Raqamli Moliya” (“Digital Finance”) mavzusida vebinar.
- Ijtimoiy tarmoqlarda “Global Money Week Uzbekistan” rasmiy sahifalarini yoritib borish.
O`zbekistonda xalqaro kampaniyani tashkillashtirish yuzasidan o`tkazilgan tadbirlar doirasida jami 1 229 143 ta aholi (shundan, bevosita ishtirok etganlar 74 786 ta va bilvosita ishtirokchilar soni 1 154 357 ta), 110 ta ta`lim muassalari (shundan, Toshkent shahri bo`yicha 35 ta maktab, Qoraqalpog`iston Respublikasi va 12 ta ma`muriy markazlar bo`yicha 75 ta maktab) va 3 ta bolalar uyi qamrab olindi.
Ushbu tashabbus natijasida jami 16 ta tijorat banklari, Yoshlar ittifoqi va O`zbekiston IT-parki jalb etildi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) xalqaro hamkor sifatida ishtirok etdi. Xalq ta`limi vazirligi va O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tadbirlarni tashkillashtirishda amaliy yordam ko`rsatildi.
Tadbirlarni tashkil etish jarayonida maktab o`quvchilari, yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari kabi ustuvor maqsadli guruhlar aniqlandi.
#GlobalMoneyWeek2020 #UzbekistanGMW2020 #GMW2020 #financialliteracy #LearnSaveEarn