Jamoa bo‘lib qiziqarli vazifalar yechimini topishni yoqtirasizmi?
O‘z bilimingiz, strategik va mantiqiy fikrlash darajangizni sinab ko‘rmoqchimisiz?
Unda, jamoangizni shakllantirib, Markaziy bankning moliyaviy savodxonlik bo‘yicha keys-chempionatida ishtirok eting!
Ishtirok etish uchun siz oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lishingiz va 3-5 kishidan iborat jamoa a'zolarini yig‘ishingiz lozim (jamoa a'zolari turli oliy o‘quv yurtlaridan bo‘lishi mumkin). Jamoangizni 9 aprelgacha ro‘yxatdan o‘tkazishingiz kerak.
Finlit.uz veb-saytida 10 aprel kuni chempionatda ishtirok etuvchi jamoalar ro‘yxati joylashtiriladi.
Birinchi keys Finlit.uz veb-saytida 12 aprel kuni e'lon qilinadi.
Jami 16 ta keys oktyabr oyigacha berib boriladi. Har bir jamoa konkurs.cbu@gmail.com elektron pochta manziliga keys e'lon qilingan kundan boshlab 7 kun ichida javob yuborishi kerak.
Barcha keyslar bo‘yicha yuborilgan to‘g‘ri yechimlar uchun eng ko‘p ball to‘plagan jamoa bosh sovringa ega bo‘ladi.
Bosh sovrin: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida 3 oylik amaliyot
Ushbu havola orqali jamoangizni ro‘yxatdan o‘tkazing. Onlayn ariza jamoa lideri nomidan yuboriladi.
Markaziy Bank tomonidan “Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha keys-chempionat” Qoidalari
Ishtirok etish uchun qo‘shimcha materiallar
Keys-chempionat bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot uchun:
+998 71 212-73-58