Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha chempionatning final ishtirokchilari aniqlandi
Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha chempionatga Respublika bo‘ylab ishtirok etgan 670 nafar talabalar orasidan eng kuchli 6 nafari joriy yil 20 mart kuni saralab olindi.
Oldinda chempionatning final bosqichi – moliyaviy savodxonlik bo‘yicha dolzarb mavzulardagi debat.
Chempionat qoidalariga ko‘ra ishtirokchilar finalda ishtirok etish uchun ikki guruhga bo‘lindilar:
"Money Guards" guruhi a'zolari:
- Shodiyor Xayitov (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti)
- Muxammadaziz Muqimov (Toshkent moliya instituti)
- Shaxmardan Toyanbaev (O‘zbekiston Milliy universiteti)
"FinLeaders" guruhi a'zolari:
- Dauranbek Abdiganiev (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti)
- Shohrux Mahmudov (O‘zbekiston Milliy universiteti)
- Shahboz Obidov (Toshkent moliya instituti)
Debat mavzulari:
- Moliyaviy ta'lim maktab dasturiga kiritilishi lozim.
- Moliyaviy firibgarlik jinoyat turi uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirib jazoni og‘irlashtirishgina, bunday firibgarlik turlari kamayishiga olib keladi.
- Kriptovalyuta bozori mamlakatda rivojlantirilishi lozim.
- Fuqarolarning banklarga bo‘lgan ishonchini oshirishning yagona yo‘li bu moliyaviy xizmatlar iste'molchilarining huquqlarini himoya qiladigan qonun hujjatidadir.
- Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish uchun aholining moliyaviy savodxonlikni oshirish zarur.
Chempionatning final bosqichi 9 aprel kuni soat 11:00 da Markaziy bankda bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar diqqatiga! Yuqoridagi mavzularda umumiy nuqtai nazar va argumentlarni keltirishga tayyorlanish zarur (mavzu doirasida prezentatsiya va qo‘shimcha materiallarni tayyorlash mumkin). Debat “Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha chempionat”ni o‘tkazish Qoidalariga asosan o‘tkaziladi.
Eng kuchlilar g‘alaba qozonsin!