Markaziy bank oromgohlarda bolalarning moliyaviy savodxonligini oshirish loyihasining ikkinchi mavsumini boshlamoqda

10.06.2021 21:19:18
519
Markaziy bank oromgohlarda bolalarning moliyaviy savodxonligini oshirish loyihasining ikkinchi mavsumini boshlamoqda

Markaziy bank tomonidan bolalar va yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks tadbirlar doirasida bolalar oromgohlarida o‘yinli o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish yuzasidan 2020 yilda boshlangan tashabbus davom ettirilmoqda.

O‘tgan yili moliyaviy ta'limga oid loyiha 1000 ga yaqin bolalarni qamrab olib, ularga ko‘ngilochar tadbirlar bilan birgalikda ta'limni umumlashtirgan holda o‘zlarining moliyaviy savodxonliklarini oshirishga imkon yaratdi.

Loyiha “Pul”, “Bank kartasi”, “Daromad va xarajatlar”, “Oila byudjeti”, “Shaxsiy jamg‘armalar”, “Kredit”, “Sug‘urta”, “Moliyaviy xatarlar va moliyaviy xavfsizlik” kabi keng doiradagi mavzular bo‘yicha bolalarning bilimlarini shakllantirishni o‘zida mujassam etgan.

Oromgohlarda loyihani amalga oshirish jarayoni quyidagilardan iborat:

  • bolalar oromgohlariga chiqqan holda moliyaviy savodxonlik elementlarini o‘z ichiga olgan o‘yin ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlari va jismoniy mashqlarni bajarish yo‘nalishlaridagi moliyaviy savodxonlik bo‘yicha dastur yuzasidan oromgoh tarbiyachilari uchun trening-mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
  • mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun o‘quv-tarqatma materiallari bilan oromgohlarni ta'minlash;
  • Markaziy bank mutaxassislari tomonidan bolalar uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha master-klass tashkil etish;
  • Markaziy bankning moliyaviy savodxonlik bo‘yicha veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida har bir oromgohda moliyaviy savodxonlikka doir o‘tkazilgan tadbirlarni yoritish

Markaziy bank ushbu loyihaga qiziqish bildirgan tashkilotlar, davlat va xususiy oromgohlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi.

Savol va takliflar yuzasidan quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: 71 212-73-56.

Finlit.uz bilan birgalikda moliyaviy savodxonligingizni oshiring!

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Markaziy bank Toshkent shahridagi kutubxonalarda moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda

Markaziy bank Toshkent shahridagi kutubxonalarda moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda

Noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida “Moliyaviy savodxonlik asoslari” o‘qitilishi boshlanadi

Noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida “Moliyaviy savodxonlik asoslari” o‘qitilishi boshlanadi

Finlit.uz jamoasi “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag`ishlab qiziqarli videorolik tayyorladi.

Finlit.uz jamoasi “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag`ishlab qiziqarli videorolik tayyorladi.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X