Bellashuvni davom ettiramiz!
Oldinda sizni uchinchi keysga yechim topish va bir hafta mobaynida qiziqarli jamoaviy ish kutmoqda.
Yechim topishingiz lozim bo‘lgan uchinchi keys to‘g‘risida qisqacha ma'lumot:
Tadbirkorlik biznesni yaratish bo‘yicha bilimga ega bo‘lish bilan birga biznesni yaratish jarayonini ham o‘z ichiga oladi. Tadbirkor – bu ma'lum mahsulot/xizmatni yaratish yoki modernizasiya qilish g‘oyasiga ega bo‘lgan shaxs.
Biz biznes-loyiha amalga oshirishni maqsad qilgan ikki innovator do‘stlarning vaziyatini o‘rganib chiqamiz. Ushbu loyihaga qanday shartlar asosida kredit ajratiladi va qaysi davlat dasturlari asosida imtiyozlarga ega bo‘lish mumkin?
Keysni o‘rganing, savollarga javob bering hamda keys yechimini yuboring!
Keys bo‘yicha javoblarni joriy yil 20 iyunga qadar konkurs.cbu@gmail.com elektron pochta manziliga yuborish talab etiladi
Keys-chempionatning ikkinchi bosqichi bo‘yicha natijalar bilan jamoalar va to‘plangan ballar Turnir jadvali orqali tanishishingiz mumkin.
Barchaga omad tilaymiz!