“Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi” ta'lim loyihasi o‘z nihoyasiga yetdi

17.06.2021 16:01:39
755
“Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi” ta'lim loyihasi o‘z nihoyasiga yetdi

Markaziy bank va 17 nafar tijorat banklari tomonidan joriy yil aprel'-may oylarida o‘tkazilgan maktab o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan ilk ta'lim loyihasi doirasida butun respublika bo‘yicha 130 dan ortiq maktablar qamrab olindi.

Ushbu loyihani amalga oshirish mexanizmi Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmadagi moliyaviy ta'lim elementlarini 6 ta o‘quv fanlari tarkibiga kiritishdan iborat bo‘ldi.

Loyiha yakuniga ko‘ra, “Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars” tanlovi bo‘yicha g‘olib deb topilgan o‘qituvchilar va umumta'lim maktablariga faxriy diplomlar, qimmatbaho hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Matematika, ingliz tili hamda iqtisodiy bilim asoslari kabi fanlar doirasida olib borilgan moliyaviy savodxonlik darslari ushbu tanlovda eng yaxshi ishlar sifatida e'tirof etildi.

Barchaga ishtirokingiz uchun tashakkur!

Finlit.uz bilan birgalikda moliyaviy savodxonligingizni oshiring!

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Ko‘plab talablarga binoan, “Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day 2021) doirasida o‘tkazilayotgan tanlovlar muddatini uzaytiramiz!

Ko‘plab talablarga binoan, “Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day 2021) doirasida o‘tkazilayotgan tanlovlar muddatini uzaytiramiz!

Markaziy bankning pullarni jamg‘arish bo‘yicha chellenji

Markaziy bankning pullarni jamg‘arish bo‘yicha chellenji

“Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi” ta'lim loyihasi o‘z nihoyasiga yetdi

“Maktablarda moliyaviy savodxonlik oyligi” ta'lim loyihasi o‘z nihoyasiga yetdi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X