Markaziy bank tomonidan Bo‘stonliq tumanida ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

17.06.2021 23:56:39
244
Markaziy bank tomonidan Bo‘stonliq tumanida ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yil 16 iyun kuni Markaziy bank tomonidan ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan Bo‘stonliq tumanining turli joylaridan 50 nafar ayollar, shu jumladan, tadbirkorlar, mahalla raislarining oilaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida jamg‘armalar va moliyaviy xavfsizlik yostiqchasini shakllantirish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish, moliyaviy xavfsizlikni ta'minlash va moliyaviy xizmatlar iste'molchilari huquqlarini himoya qilish, shuningdek, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish uchun kredit olishga mas'uliyat bilan yondashish (mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanish, kredit bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish) kabi moliyaviy savodxonlik mavzulari yoritildi.

Markaziy bank joylarda xotin-qizlar moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha qator ta'lim tadbirlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Finlit.uz bilan birga moliyaviy savodxonligingizni oshiring!

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Markaziy bank tomonidan respublikamizning chekka hududlarida aholining moliyaviy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda

Markaziy bank tomonidan respublikamizning chekka hududlarida aholining moliyaviy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda

“Hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi | Jizzax viloyati

“Hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi | Jizzax viloyati

“Hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi | Toshkent viloyati

“Hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi | Toshkent viloyati



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X