Markaziy bankning hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha tizimli faoliyati davom etmoqda
Joriy yil 25-26 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Buxoro viloyatining uch ta tumanida ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
Ushbu ta'lim tadbiri davomida Vobkent, G‘ijduvon va Romiton shaharlaridan 25 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan 200 dan ortiq ayollar qamrab olindi
Treninglarning maqsadli auditoriyasini tadbirkor va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek mahalla raisi o‘rinbosarlari bo‘lgan ayollar tashkil etdi
O‘tkazilgan treninglar bank omonatlari yordamida jamg‘armalar shakllantirish, foizlarning hisoblanish tartibi, raqamli bank mahsulotlari va xizmatlari, kredit mablag‘lariga mas'uliyat bilan yondashish hamda ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish kabi moliyaviy savodxonlik bo‘yicha nazariy va amaliy mavzularni o‘z ichiga oldi
Markaziy bank respublikamizning boshqa hududlarida ham ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha ta'lim tadbirlarini tashkil etishni davom ettiradi
@finlituzb bilan birgalikda moliyaviy savodxonligingizni oshiring!