“Hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi Samarqandda

15.09.2021 18:14:04
281
“Hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi Samarqandda
Markaziy bank joylarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha tizimli faoliyatini davom ettirmoqda

Joriy yil 8-10 sentyabrda Markaziy bank tomonidan Samarqand viloyatining to‘rtta tumanida ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Ushbu ta'lim tadbirida Samarqand viloyatining Narpay, Paxtachi, Jomboy va Samarqand tumanlaridan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 270 dan ortiq ayollar qamrab olindi

Ular orasida asosiy auditoriyani “Ayollar daftari”ga kiritilgan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni boshlagan xotin-qizlar, oilaviy tadbirkorlik masalalari bo‘yicha mahalla raisi o‘rinbosarlari hamda qishloq joylardan tashrif buyurgan ayollar tashkil etdi

Davra suhbati mobaynida yoritilgan mavzulardan asosiy maqsad trening ishtirokchilariga raqamli bank mahsulotlari va xizmatlari, bank omonatlari yordamida jamg‘armalar shakllantirish, depozit va kredit bo‘yicha foizlar hisoblanish tartibi, moliyaviy xavfsizlikni ta'minlash hamda kredit olishga mas'uliyat bilan yondashish va ijobiy kredit tarixi yaratish qoidalari to‘g‘risida ma'lumot berishdan iborat bo‘ldi

Markaziy bank boshqa hududlarida ham ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha interaktiv ta'lim tadbirlarini tashkil etishda davom etadi

“Hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi xotin-qizlarga moliya va iqtisod sohasida asosiy tushunchalarni o‘rgatishga qaratilgan

Loyihadan asosiy maqsad – moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish va turli hududlarda ayollarning moliyaviy jihatdan to‘g‘ri xulq-atvorini shakllantirishdan iborat.

@finlituzb bilan moliyaviy savodxonligingizni birgalikda oshiring

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Navoiy viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Navoiy viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Markaziy bank tomonidan respublikamizning chekka hududlarida aholining moliyaviy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda

Markaziy bank tomonidan respublikamizning chekka hududlarida aholining moliyaviy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda

“Hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi | Jizzax viloyati

“Hududlarda ayollar moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasi | Jizzax viloyati



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X