Markaziy bank «Butunjahon jamg‘arish kuni» (World Savings Day 2021) doirasida esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

Markaziy bank «Butunjahon jamg‘arish kuni» (World Savings Day 2021) doirasida esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

11.10.2021 10:38:25
448
Markaziy bank «Butunjahon jamg‘arish kuni» (World Savings Day 2021) doirasida esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

«Butunjahon jamg‘arish kuni» (World Savings Day 2021) doirasida esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish tanlovida ishtirok eting. Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar joriy yilning
31 oktyabriga qadar qabul qilinadi

Tanlov quyidagi shartlar va mezonlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • dizayn jamg‘arma mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lishi
  • dizayn muallif tomonidan chizilgan bo‘lishi va boshqa ijodkorlarning avvalgi ishlarini qaytarmasligi
  • dizayn tanga yoki suvenir to‘plamlarning avers (old tomoni) va revers (orqa tomoni) ko‘rinishlaridan iborat bo‘lishi
  • dizayn doira ichiga qalamda chizib (A4 formatda) yoki komp'yuter grafikasidan (CorelDraw, PhotoShop va Illustrator dasturlari) foydalanib tayyorlanishi va tasvirlangan har bir element aniq ko‘rinishi lozim

Ishlab chiqilgan dizaynlar muallifning aniq ismi, familiyasi, adresi, telefon raqami va elektron pochta manzilini ko‘rsatgan holda joriy yilning
31 oktyabriga qadar konkurs.cbu@gmail.com ("WSD Esdalik tangalar va suvenir to‘plamlari dizayni tanlovi" xat mavzusiga ko‘rsatilishi shart) yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6) taqdim etilishi so‘raladi

Taqdim etilgan dizaynlar Markaziy bankning tanlov hay'ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va eng yaxshi ishlar tanlab olinadi

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar

Tanlov haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun (71) 212-73-58, (71) 212-73-56 raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin

Finlit.uz bilan moliyaviy savodxonligingizni oshiring!

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Markaziy bank milliy valyuta “So‘m ramzi”ni yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

Markaziy bank milliy valyuta “So‘m ramzi”ni yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

Moliyaviy savodxonlik chellenji natijalarini e'lon qilamiz

Moliyaviy savodxonlik chellenji natijalarini e'lon qilamiz

Esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish bo‘yicha tanlov natijalarini e'lon qilamiz

Esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish bo‘yicha tanlov natijalarini e'lon qilamiz



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X