Siz o‘z pullaringizni jamg‘arib borasizmi? Yoki daromadingizning 5-10%ini jamg‘arishga ko‘nika olmayapsizmi?
Unda Markaziy bankning pullarni jamg‘arish bo‘yicha chellenjida ishtirok eting! Bu chellenjda siz pulni tejash ko‘nikmalariga ega bo‘lasiz va o‘zingizda moliyaviy odatlarni shakllantirasiz!
Tanlov shartlari oddiy, buning uchun siz:
- Havola (https://forms.gle/iFEFS9RxazdjnU6H6) orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak
- Har kuni tejagan pullaringiz to‘g‘risida telegram yoki Instagramdagi @finlitteam - ga hisobot (nimadan qancha tejab qolganingiz haqida) yuborishingiz zarur. Shuningdek, agar xohlasangiz tejalgan pulni istalgan bankning omonatiga qo‘yishingiz ham mumkin
- Bir oydan keyin - chellenj yakunlangan paytda, ishtirokchilarning moliyaviy intizomi natijalariga ko‘ra, g‘oliblar aniqlanadi
Keraksiz xarajatlaringizni kamaytiring, bank omonatida jamg‘arma hosil qiling va Markaziy bankning qimmatbaho sovg‘alarini qo‘lga kiriting!