Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha keys chempionatning yakuniy bosqichi!
Bellashuvni davom ettiramiz!
Oldinda sizni o‘n oltinchi keysga yechim topish va bir hafta mobaynida qiziqarli jamoaviy ish kutmoqda
Yechim topishingiz lozim bo‘lgan o‘n oltinchi keys haqida qisqacha ma'lumot:
Mazkur keysda biz pul mablag‘larini sarmoyaga kiritish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz. Omonatni ochishda nimalarni e'tiborga olish zarur, qaysi valyutadagi omonat ko‘proq daromad olib keladi, inflyasiya darajasining foydaga ta'siri qanday?
Keysni o‘rganing va kreativ fikrlashni namoyon eting!
Oldingi keyslar bo‘yicha yuborilgan javoblar hozirda ko‘rib chiqilmoqda
Keys bo‘yicha javoblarni joriy yilning 19-noyabriga qadar konkurs.cbu@gmail.com elektron pochta manziliga yuborish talab etiladi
Barchaga omad tilaymiz!