Markaziy bank milliy valyuta “So‘m ramzi”ni yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

08.02.2022 11:44:42
486
Markaziy bank milliy valyuta “So‘m ramzi”ni yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – “so‘m”ning moliya bozorida xalqaro nufuzini oshirish va keng jamoatchilik o‘rtasida tanilishini ta'minlash maqsadida Markaziy bank tomonidan milliy valyuta “So‘m ramzi”ni yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda.

Tanlovda mamlakatning milliy valyutasini xalqaro miqyosda o‘ziga xosligi, xalqimizning madaniy qadriyatlari va boshqalardan ajralib turuvchi xususiyatlarini ifodalovchi eng yaxshi grafik ishlar aniqlanadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari qatnashishi mumkin.

Ishtirok etish uchun, 2022 yil 31 martga qadar ariza, o‘z g‘oyangiz tasviri va konsepsiyasi bilan birgalikda tanlov@cbu.uz elektron manziliga yuborishingiz lozim.

G‘olibiga Markaziy bank tomonidan pul mukofoti taqdim etiladi.

Tanlov qoidalari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Markaziy bank milliy valyuta “So‘m ramzi”ni yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

Markaziy bank milliy valyuta “So‘m ramzi”ni yaratish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

Moliyaviy savodxonlik chellenji natijalarini e'lon qilamiz

Moliyaviy savodxonlik chellenji natijalarini e'lon qilamiz

Esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish bo‘yicha tanlov natijalarini e'lon qilamiz

Esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarini yaratish bo‘yicha tanlov natijalarini e'lon qilamiz



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X