Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish sohasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda

21 Fev 2022 19:52
1039
Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish sohasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda
Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish sohasida Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligining Ilmiy-tadqiqot moliya instituti bilan tizimli ishlar davom ettirilmoqda


Keng ko‘lamli hamkorlik doirasida, jumladan maqsadli guruhlar uchun media kontent qamrovi va ma'lumotlar xilma-xilligini kengaytirish maqsadida Markaziy bank tomonidan Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi Ilmiy-tadqiqot moliya institutining moliyaviy savodxonlik bo‘yicha 75 dan ortiq audiovizual asarlardan to‘laqonli foydalanish bo‘yicha lisenziya huquqlari qo‘lga kiritildi.


Mashhur "Quvnoq do‘mboqchalar" mul'tfil'mi va yoshlarbop rus seriallarining qahramonlarining sarguzashtlari orqali bolalarga moliya sohasi bilan o‘zaro munosabat o‘rnatishning turli jihatlari, moliyaviy imkoniyatlarni to‘g‘ri o‘lchash, tanlov qilish, qarorlarning oqibatlarini oldindan baholash va mas'uliyatini his qilish bo‘yicha bilimlarni oddiy shaklda yetkaziladi.


Olingan materiallar o‘zbek tiliga tarjima qilish va kelgusida keng yoritish orqali maktabgacha hamda maktab yoshidagi bolalarning e'tiborini moliyaviy savodxonlikning asosiy masalalariga (shaxsiy jamg‘armalar, moliyaviy ta'minot, o‘zaro qarz munosabatlari) jalb qilishga ko‘maklashadi.

Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Moliyaviy savodxonlik bo'yicha animasion roliklar ishlab chiqildi

Moliyaviy savodxonlik bo'yicha animasion roliklar ishlab chiqildi

Moliyaviy fikrlashni boshlagan yangi avlod

Moliyaviy fikrlashni boshlagan yangi avlod

Finlit.uz va Omonatlarni kafolatlash agentligi videotanlov e’lon qiladi!

Finlit.uz va Omonatlarni kafolatlash agentligi videotanlov e’lon qiladi!



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X