Xotin-qizlarning moliyaviy savodxonligini oshirish borasida hududlarda tizimli ishlar davom etmoqda
Joriy yilning 15-16 aprel' kunlari Markaziy bank tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh, Kegeyli, Xujayli tumanlarida hamda Nukus shaharida xotin-qizlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha trening va davra suhbatlari o‘tkazildi
Treninglarda "Ayollar daftari"ga kiritilgan, tadbirkorlikni yaqinda boshlagan ayollar, shuningdek, qishloq joylaridan kam ta'minlangan xotin-qizlar ishtirok etdi. Ta'lim tadbirlari 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 200 dan ortiq ayollar qamrab olindi
Moliyaviy savodxonlikning asosiy yo‘nalishlaridan tashqari, tadbirkorlikni boshlayotgan ayollarga oilakredit.uz veb-saytining ishlash tartibi va ijobiy kredit tarixini shakllantirish uchun mas'uliyatli qarz olishning ahamiyati to‘g‘risida batafsil tushuntirildi
Ta'lim tadbirlari doirasida banklarning mobil ilovalari yordamida mablag‘larni tejash imkoniyati hamda moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari to‘g‘risidagi mavzular hamda o‘z ichiga qamrab oldi
Markaziy bank tomonidan respublikaning boshqa hududlaridagi maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha ta'lim tadbirlari doimiy ravishda olib borilmoqda
@finlituzb bilan moliyaviy savodxonligingizni oshiring
Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:
"Moliyaviy savodxon mahalla" loyihasi
Ayollar va yoshlarning moliyaviy madaniyatini shakllantirish, “kibergigiyena”ga o‘rgatish va mikromoliya xizmatlarini ommalashtirish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlaridan biri
Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari mutaxassislari moliyaviy savodxonlik va ommaboplik yo‘nalishida malakasi oshirildi