“Moliyaviy savodxonlikning to‘rt fasli” loyihasi yo‘lga qo‘yildi

01.07.2022 10:42:26
296
“Moliyaviy savodxonlikning to‘rt fasli” loyihasi yo‘lga qo‘yildi
Moliyaviy farovonlikni oshirish, yangi iqtisodiy tafakkurni shakllantirish va moliyaviy sog‘lom avlodni tarbiyalash maqsadida Markaziy bank tomonidan “Moliyaviy savodxonlikning to‘rt fasli” loyihasiga start berildi

Ta'lim loyihasi moliyaviy savodxonlikning quyidagi tarkibiy qismlari bo‘yicha malaka oshirish va rivojlantirishga qaratilgan: 

  • pulni boshqarish
  • jamg‘arish madaniyati
  • moliyaviy xavfsizlik
  • kredit va mas'uliyatli qarz olish
  • raqamli moliyaviy savodxonlik

Kuni kecha Xalqaro moliya korporatsiyasi, Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi va Click kompaniyasi ko‘magida Yosh oilalar uchun moliyaviy trening o‘tkazildi. Ochiq osmon ostida bo‘lib o‘tgan trening 100 dan ortiq aholini qamrab oldi

Ta'lim treningi ishtirokchilarni faol jalb etishning interaktiv usullaridan foydalangan holda kutilmagan formatda o‘tkazildi.

Yuqori malakali mutaxassislar bank omonatlari yordamida mablag‘larni tejash imkoniyatlari, moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari, moliyani boshqarish bo‘yicha hayotiy layfhaklar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar. Har bir nutqdagi masalalar hayotiy misollar bilan yanada mustahkamlandi

Markaziy bank maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha bir qator interaktiv ta'lim tadbirlarini o‘tkazishda davom etadi


Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Toshkent viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Toshkent viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Samarqand viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Samarqand viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Andijon viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi

Andijon viloyatining chekka hududlarida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X