Markaziy bankning moliyaviy ta'lim bo‘yicha ekotizimi kengaytirilmoqda

29.08.2022 12:59:35
332
Markaziy bankning moliyaviy ta'lim bo‘yicha ekotizimi kengaytirilmoqda

Markaziy bank tomonidan tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorlik asosida mul'tiplikasion ta'sirdan foydalanish orqali aholining moliyaviy bilimlarini oshirishning institusional mexanizmi yaratilgan.

Markaziy bank va Aloqabankning navbatdagi qo‘shma ta'lim loyihasi aliment oluvchilarning moliyaviy dunyoqarashini yaxshilashga imkon yaratadi. Bunda, hududlarda moliyaviy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha aliment oluvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi har bir Aloqabank xodimlarining ijtimoiy mas'uliyatini oshirish ko‘zda tutilgan.


Markaziy bank tomonidan mazkur loyihaning ustunlari sifatida quyidagilarga ustuvor ahamiyat berilmoqda:

  • moliyaviy savodxonlik bo‘yicha dastur va tarqatma materiallarini muntazam takomillashtirib borish;
  • Aloqabank va Majburiy ijro byurolarining hududiy bo‘linmalari xodimlari bilan doimiy aloqani saqlagan holda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha malakasini oshirib borish.

Joriy yil 19 avgust kuni loyihaning asosiy mul'tiplikatori sifatida tayyorlangan Aloqabank hududiy filiallarining front-ofis xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Qizg‘in muhokamalarga boy bo‘lgan tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining kommunikasion va trenerlik mahoratlarini sinovdan o‘tkazish bilan birga loyiha uchun maxsus ishlab chiqilgan materiallar yuzasidan tushunchalar hamda loyihani samarali amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.


Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining salohiyatli xodimlari uchun moliyaviy savodxonlik sohasida malaka oshirishga doir amaliy trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining salohiyatli xodimlari uchun moliyaviy savodxonlik sohasida malaka oshirishga doir amaliy trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Ayollar va yoshlarning moliyaviy madaniyatini shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlari

Ayollar va yoshlarning moliyaviy madaniyatini shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish – moliyaviy savodxonlikni yaxshilashning muhim yo‘nalishlari

Markaziy bank tomonidan Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan birgalikda mehnat migrantlari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha treninglar o‘tkazildi

Markaziy bank tomonidan Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan birgalikda mehnat migrantlari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha treninglar o‘tkazildi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X