Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Aholi va tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligini oshirish – mutasaddi tashkilotlar kun tartibida

16 Dek 2022 16:18
903
Aholi va tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligini oshirish – mutasaddi tashkilotlar kun tartibida

Joriy yil 14 dekabr' kuni Markaziy bank tashabbusi bilan “2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasi” ijrosiga ma'sul takshilotlar ishtirokida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuv Xalq ta'lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Bank-moliya akademiyasi, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maxallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi, Tadbirkor ayol assosiasiyasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “Fermerlar maktabi” va “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilish kun tartibi doirasida 2021-2022 yillar davomida aholi, jumladan, bolalar, yoshlar, xotin-qizlar, mehnat migrantlari va ularning oila a'zolari hamda tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, 
2023 yilda sohaga doir loyihalarni davom ettirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar to‘g‘risida axborot almashildi. 


Uchrashuv yakunida kelgusida “2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasi” doirasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik sohalari muhokama qilinib, o‘zaro kelishib olindi.


Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Markaziy bank Toshkent shahridagi kutubxonalarda moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda

Markaziy bank Toshkent shahridagi kutubxonalarda moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda

Noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida “Moliyaviy savodxonlik asoslari” o‘qitilishi boshlanadi

Noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida “Moliyaviy savodxonlik asoslari” o‘qitilishi boshlanadi

Finlit.uz jamoasi “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag`ishlab qiziqarli videorolik tayyorladi.

Finlit.uz jamoasi “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag`ishlab qiziqarli videorolik tayyorladi.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X