Eng yaxshi dars ishlanmasi bo‘yicha o‘qituvchilari uchun tanlov

05.04.2023 14:12:26
268
Eng yaxshi dars ishlanmasi bo‘yicha o‘qituvchilari uchun tanlov

Markaziy bank “Umumjahon pul xaftaligi” (Global Money Week 2023) doirasida “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusidagi eng yaxshi dars ishlanmasi bo‘yicha o‘qituvchilari uchun tanlov e'lon qiladi

Tanlov o‘qituvchilarning moliyaviy madaniyatini rivojlantirish va maktab o‘quvchilarining moliyaviy va raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.

Tanlov ishi joriy yilning 30 apreliga qadar o‘tkazilgan dars ishlanmasi videoroligi ( 20 daqiqagacha) va metodik ishlanmasi shaklida qabul qilinadi.

Tanlovning o‘quv fanlari cheklanmagan. Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha darslar 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin

Tanlov hay'ati tomonidan ta'lim darslarini baholashda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:

  • o‘quv fanlari negizida moliyaviy savodxonlik komponenti joriy etilganlik darajasi;
  • ; darsni o‘tkazishga ijodiy yondashuv (moliyaviy savodxonlikning bir nechta mavzularini birlashtirish – moliyaviy xavfsizlik, jamg‘arma madaniyati, raqamli moliyaviy savodxonlik, moliyaviy rejalashtirish);
  • darslarni o‘tkazishda interaktiv elementlarni “edutainment” formatida kiritish;
  • Finlit.uz moliyaviy savodxonlik bo‘yicha Markaziy bank o‘quv materiallaridan foydalanish.

Ariza va videorolikni konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga (elektron pochta mavzusida “Global Money Week 2023 eng yaxshi dars tanlovi” deb ko‘rsatib o‘tish shart) yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6 pochta manziliga), hududiy Bosh boshqarmalari (https://cbu.uz/oz/about/central-office/regional/) orqali yuborishi yoki shaxsan elektron xotirada Markaziy bank binosiga taqdim etilishi so‘raladi.

Eng yaxshi ijodiy ishlar Markaziy bankning qimmatbaho sovg‘alarini qo‘lga kiritadilar:

  • 1 o‘rin – monoblok
  • 2 o‘rin – noutbuk
  • 3 o‘rin – smartfon

“Umumjahon pul xaftaligi” (Global Money Week 2023) doirasida o‘qituvchilar o‘rtasida “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusidagi eng yaxshi dars tanlovi qoidalari

Tanlov haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun (71) 212-73-58 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin

Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta'lim muassasalarining 3-4-kurs talabalari uchun moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish ta'lim loyihasi

Pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta'lim muassasalarining 3-4-kurs talabalari uchun moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish ta'lim loyihasi

Videoroliklar tanlovi natijalarini e'lon qilamiz Global Money Week 2023

Videoroliklar tanlovi natijalarini e'lon qilamiz Global Money Week 2023

Eng yaxshi dars ishlanmasi tanlovi natijalarini e'lon qilamiz Global Money Week 2023

Eng yaxshi dars ishlanmasi tanlovi natijalarini e'lon qilamiz Global Money Week 2023



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X