Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

8 martga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak? Shaxsiy byudjetingiz uchun 8 ta maslahat

Oxirgi yangilanish:  22 Fev 2022 17:24
2371
8 martga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak? Shaxsiy byudjetingiz uchun 8 ta maslahat
1

Bayramga ham juda oz vaqt qoldi! Agar yodingizdan ko‘tarilgan bo‘lsa, sizda hali ham biroz vaqt va yaxshi sovg‘ani tanlash imkoniyati mavjud. Ushbu sakkizta maslahat sizga bayramga tayyorgarlik ko‘rishga katta yordam beradi va asosiysi byudjetingizni saqlab qoladi.

1. Byudjetingizni rejalashtiring

Rejalashtirish har qanday tejamkorlikning asosidir, chunki bu bizning byudjetimizga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan impul'siv xaridlardan saqlab qoladi. 8 mart nafaqat oilangiz uchun sovg‘alar, bundan tashqari, bayramona stol, hamkasblarning tabriklari, yaqinlaringiz bilan uchrashuvlardir. Kelajakdagi barcha xarajatlarni 3-4 ta asosiy guruhga bo‘ling va har bir guruh ichida nima sotib olishingiz kerakligi ro‘yxatini tuzing.

2. Sovg‘alar ro‘yhatini tuzib chiqing

Go‘zal ayollar kunida har birimiz biz uchun aziz bo‘lgan barcha ayollar / qizlar / opa-singillarning orzularini amalga oshirishni xohlaymiz. Lekin siz o‘z harakatlaringizni to‘g‘ri taqsimlashingiz kerak - siz "Pareto qonuni" dan foydalanishingiz mumkin - byudjetning 80 foizini sovg‘alarning 20 foiziga sarflamang, aksincha qiling.

3. Oldindan xaridlarni amalga oshiring

Albatta, barchamizda yaqinlarimiz uchun sovg‘alar uchun g‘oyalar mavjud. Mavsumiy chegirmalardan foydalaning va sizga kerak bo‘lgan hamma narsani iloji boricha arzon narxda sotib oling. Albatta, siz bayram aksiyalari bo‘yicha ham ajoyib takliflarni topishingiz mumkin, ammo tanlov oldindan sotib olish kabi yaxshi bo‘lmasligi mumkin.

4. Narxlarni solishtiring

Kichik chakana savdo nuqtalarida tovarlarning narxi katta savdo markazlaridan farq qilishi mumkin. Ba'zan narxlar bir-ikki barobargacha farq qilishi mumkin. Bayram shov-shuvlariga berilmasdan, kerakli narsalarni darhol sotib olmang – avval barcha takliflarni solishtirganingiz ma'qul.

5. Qarz olishdan saqlaning

Yaqinlarimizga sovg‘a tanlashda biz har doim eng yaxshi va eng yuqori sifatlisini sotib olishni xohlaymiz, shuning uchun do‘stlardan qarz olish, chakana savdo do‘konlari tomonidan taqdim etilgan bo‘lib to‘lashdan foydalanish yoki kredit olishga majburiyat paydo bo‘ladi. Esda tutish kerak bo‘lgan asosiy narsa shundaki, har qanday qarz mablag‘lari o‘z vaqtida to‘lanishi kerak bo‘lgan majburiyatdir.

6. Kichik narsalar har doim ham muhim emas

Do‘kon javonlari esdalik sovg‘alari, bayram ramzi bo‘lgan mayda narsalar bilan to‘la bo‘ladi, lekin ularni sotib olishga shoshilmang. Bayram belgilariga ega bo‘lgan tovarlarga qiziqish doimo ortib boradi. Natijada, ularning narxi qimmat bo‘lmasa ham, ammo bu byudjetingizga ta'sir qiladi.

7. Muqobil takliflardan foydalaning

Yaqinlaringizni tabriklashning muqobil usullarini ko‘rib chiqishingiz ham sovg‘a bo‘lishi mumkin. Shunday qilib sovg‘a sotib olish o‘rniga o‘zi uchun "imkoniyat" hadya qilishingiz mumkin. Misol uchun yosh onaga yoki buvisiga kunni bolasi bilan o‘tkazishni taklif qilish mumkin, shunda ular o‘z navbatida o‘zlari uchun vaqt ajratishlari va shunchaki dam olishlari mumkin. Shuningdek, siz oilangizga onlayn omonat ochish va uni har bir bayram uchun ma'lum miqdor bilan to‘ldirishda yordam berishingiz mumkin.

8. Sovg‘a sertifikatlarini ko‘rib chiqing

Ba'zi chakana savdo do‘konlari sovg‘a sifatida ma'lum miqdordagi sovg‘a uchun mo‘ljallangan karta yoki sertifikat berishni taklif qilishadi - bu taklif juda foydali, chunki bu mahsulot turi, rangi va o‘lchami bilan bog‘liq tushunmovchiliklarning oldini olishga yordam beradi.

Ushbu maslahatlar sizga byudjetni qanday yuritish va xarajatlarni hisobga olishni o‘rganishga yordam beradi, oqibatda barcha bayramlar siz uchun rejali va foydali bo‘lishi mumkin!




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Oilaviy budjet

Oilaviy budjet

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X