Moliyaviy zaxira nima va u nima uchun kerak?

Oxirgi yangilanish:  11 Iyun 2021 16:20
2202
Moliyaviy zaxira nima va u nima uchun kerak?
7

Moliyaviy zaxira-kelajakka ishonch.

Oila (shaxsiy) byudjetini shakllantirib, to‘g‘ri sarflash va tejashni, maqsadlarni belgilab, ularga erishish yo‘lini aniqlashni o‘rganganimizda, byudjet himoyasini ta’minlash muhim ahamiyatga egaligini unutmasligimiz kerak. Hayotda, byudjetga ta’sir qilib, bizni zarur mablag‘larsiz qoldirishi mumkin bo‘lgan turli xil kutilmagan holatlar bo‘lishi mumkin:

  • tabiiy ofatlar, virusli kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lgan ish va daromad manbaini yo‘qotish yoki vaqtincha to‘xtatishi;
  • ish qobiliyatini yo‘qotish;
  • favqulodda vaziyatlar.

Byudjetni himoya qilish uchun moliyaviy zaxira kerak. Moliyaviy zahira 6-12 oylik xarajatlarga teng miqdorda shakllantiriladi. Nima uchun xarajatlar? Kutilmagan hayotiy vaziyatlar ro‘y berganida, moliyaviy qiyinchiliklar o‘tib, daromadingiz tiklanishiga qadar oilangiz odatiy hayot tarzida yashashi uchun oyiga qancha sarflashini anglash muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy zahira "moliyaviy yostiqcha" deb ham yuritiladi.

"Moliyaviy yostiqcha" miqdori qanday bo‘lishi kerak?

Har bir oila yoki shaxs uchun "moliyaviy yostiqcha" miqdori farq qiladi. Uning miqdori kamida 3-6 oylik xarajatlarga teng bo‘lishi kerak,

Masalan, bir oila oyiga o‘rtacha 2 mln. so‘m sarf qilsa, moliyaviy yostiqcha kamida 6-12 mln. so‘mni tashkil etishi kerak.

14

"Moliyaviy yostiqcha" uchun muntazam ravishda qancha pul ajratib qo‘yish zarur?

Aslida zaxirani shakllantirish unchalik qiyin emas, shunchaki, "oylik oldingizmi – avval o‘zingizga pul ajrating" tamoyiliga amal qilishingiz zarur. Oila byudjeti xavfsizligini ta’minlash maqsadida daromadingiz miqdoridan qat’iy nazar kamida uning 15-20%ini tejashni boshlang.

Masalan, bir oila a’zosi 1 million so‘m daromad olsa, u holda oyiga kamida 150-200 ming so‘m tejalishi kerak. Shunday qilib, "moliyaviy yostiqcha" besh-yetti yil davomida asta-sekin shakllantiriladi.

"Moliyaviy yostiqcha" mablag‘larini qanday saqlash mumkin?

"Moliyaviy yostiqcha" mablag‘larini saqlashning muhim mezoni – bu, jamg‘armalarni ilojsiz vaziyatlarda mablag‘larni tezda olish va kerakli miqdorda foydalanish imkonini beradigan usulda saqlash zarur. Shu nuqtai nazardan, "Moliyaviy yostiqcha" mablag‘larini saqlashning quyidagi turlarini ko‘rib chiqishingiz mumkin:

  1. uyda saqlash – bu usulning afzalligi pullarni qo‘l yetadigan joyda joylashganida, ya’ni uydan chiqmagan holda daromadingizdan ajratgan pulingizni qo‘shib qo‘yishingiz mumkin. Biroq, ko‘zda tutilmagan mavjudligini hisobga olishingiz kerak: kutilmagan holatlar (yong‘in, sel va b.), inflyatsiya, boshqa maqsadlar uchun pulni sarflab yuborish ehtimoli va eng muhimi, xavfsizlikning ta’minlanmagani. Agar uyda pul saqlashga qaror qilsangiz, temir sandiq (seyf) sotib olish haqida o‘ylab ko‘ring.
  2. depozit qutichalarida saqlash – pullaringizni saqlash xizmati uchun haq to‘laydigan bankdagi shaxsiy temir sandig‘ingiz (seyfingiz). Ushbu usul har safar bankka borishni talab qiladi: depozit qutisi to‘ldirilganda, siz bank filialiga tashrif buyurishingiz va zaxirani naqd pul bilan to‘ldirishingiz kerak.
  3. onlayn depozit – zaxirani saqlash uchun foydali tanlov, chunki masofadan turib amaliyotlarni bajarish mumkin – omonatingizni bankka borib, naqd pul bilan to‘ldirishingiz shart emas: siz istalgan vaqtda bankning mobil ilovasidan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun telefon (smart telefon), internet va bank kartangiz bo‘lsa kifoya.
  4. bir necha usulni diversifikatsiyalash - zaxira uchun mablag‘laringizning bir qismi uyda saqlashingiz, bir qismini esa onlayn depozitlarda joylashtirishingiz mumkin. Shunday qilib,, ko‘zda tutilmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, sizning "moliyaviy yostiqchangiz" naqd va naqd pulsiz shaklida bo‘ladi.



Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Oilaviy budjet

Oilaviy budjet

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X