Qanday qilib pul tejab, rohatlanib yashash mumkin?

Oxirgi yangilanish:  14 Iyun 2022 17:02
652
Qanday qilib pul tejab, rohatlanib yashash mumkin?
1

“Tejash” so‘zini eshitishimiz bilan, yaxshi kayfiyat insonni tark etadi! Qanday qilib bir vaqtning o‘zida, kam sarf-xarajatlar qilib, tejamkorlikdan yaxshi kayfiyatni yoqotmasa bo‘ladi? Avvalo o‘zingizda to‘g‘ri munosabat shakllantirishingiz kerak:

  • Iqtisod qilingan pullar – ishlab topilgan pullar!
  • Boy odamlar nega boy? – Chunki ular juda tejamkor bo‘ladi!
  • Arzonroq sotib olishingiz tejamkorlikka kirmaydi. Tejamkorlik – kerak emas narsalarga sarf-xarajatlar qilmaslikdir!
Kundalik xarajatlarni kamaytirishga va o‘zingiz o‘ylaganingizdan ko‘proq pul tejashga yordam beradigan 10 ta usulni sanab o‘tishga harakat qildik. Ular:

Tavsiya №1

Kunlik daromad va xarajatlaringizni qayd etishni boshlang. Bu yo‘l orqali siz qancha olishingiz hamda nima uchun xarajatlar qilishingiz haqida aniq tushunchaga ega bo‘lasiz.


Tavsiya №2

  • Oldindan tayyorlangan ro‘yxatga asosan xaridlaringizni amalga oshiring va unga amal qiling! Bu keraksiz xaridlardan sizni asraydi;
  • Do‘konga bormoqchi bo‘lsangiz to‘q boring. Och qorin bilan borishingiz, keraksiz xaridlarga sabab bo‘lib qolishi mumkin;
  • Pulingizni tejash hamda ekologiya zarar yetkazmaslik maqsadida o‘zingiz bilan oziq-ovqat paketlarini olish esingizdan chiqmasin;
  • Do‘konga bormaslikka harakat qiling. Hozir O‘zbekistondagi ko‘plab gipermarketlarda uyga yetkazib berish xizmatlari juda mashhurdir. Bir haftalik eng kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlab, ro‘yxatini tuzib chiqing va buyurtma bering. Bu esa, keraksiz xarajatlarni oldini oladi, do‘konga tashrifingiz bilan siz nimadirni ko‘rib, muhim buyum bo‘lmasa ham, sotib olishingiz mumkin.
  • Doim jamg‘arma yoki chegirma kartalaridan foydalaning. Bunday kartalardan 5%dan 20% gacha iqtisod qilishingiz mumkin..

Tavsiya №3

  • Kommunal xarajatlarini kamaytiring! Energiya tejaydigan lampalardan foydalaning, kir va idish-tovoq yuvadigan mashinalarni sotib oling.
  • Uyingizni tark etishingizdan oldin barcha elektr jihozlaringizni o‘chirib chiqing.
  • Chiroqlar, suv, gazni foydalanmagan paytingizda o‘chirib qo‘ying.
  • Ortiqcha to‘lovlar amalga oshirmaslik uchun, kommunal xizmatlar hisoblagichini o‘rnating.


Tavsiya №4

Nimadir xarid qilishingizda sifatga ahamiyat bering. “Pulga qattiq odam – ikki marta sarf qiladi” degan ibora bor, odatda qimmat lekin sifatli buyumlar xarid qilish vaqtida, ularni ko‘p vaqt davomida xizmat qilishi va tez-tez almashtirish kerak emasligiga ishonasiz. Lekin shuni yodda tutish kerakki, juda qimmat brendlik buyumlarni xarid qilish tavsiya etilmaydi. Yodingizda tuting, brend uchun katta sarf-xarajatlar qilmasdan,  ega bo‘lmagan yaxshi narsalar ham sotib olish mumkin.


Tavsiya №5

«Xaridni ertaga amalga oshiring!». Siz do‘konga tashrif buyurganizda yo‘lingizda yaxshi chegirmali mahsulot ko‘rib qolsangiz, ammo ro‘yxatingizda ushbu mahsulot bo‘lmasa, lekin shunda ham olish kerakligiga ishonsangiz, ushbu xaridni ertangi kunga qoldiring. Bu bilan, sizda ushbu buyum qanchalik siz uchun muhimligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish imkoniyati bo‘ladi. Statistika bo‘yicha, odamlar ma'lum vaqt davomida xarid to‘g‘risida o‘ylab ko‘rganda, ko‘p holatlarda kerak bo‘lmagan xaridlardan voz kechadi.


Tavsiya №6

  • Kundalik ovqatlaringizni diqqat bilan rejalashtiring! Vaqtingiz va imkoniyatingiz bo‘lsa, ovqatni o‘zingiz uyda tayyorlang.
  • Yarim tayyor mahsulotlar qilib qo‘ysangiz – nafaqat pulingizni, balki vaqtingizni ham tejaysiz.

Tavsiya №7

Kredit shaklidagi qarz olishga puxta o‘ylab chiqib keyin qaror qiling. O‘zingizni budjetingizni yaxshilab tahlil qilib chiqqaningizdan so‘ng, kredit buyicha eng qulay taklifni aniqlang.

  • Bugungi kunda kredit kartalari yurtimizda tobora ommalashib ketmoqda. Qanchalik takliflar yaxshi tuyulmasin, bunday kartalarni rasmiylashtirishga shoshilmang, chunki kredit kartalar ko‘pincha sizga keraksiz bo‘lgan narsalarni xarid qilishga undaydi.

Tavsiya №8

  • Doim ish xaqingizning ma'lum bir qismini saqlab qo‘yishga xarakat qiling. Bir oyda kamida ish xaqingizni 10% miqdorini saqlashni odat qiling.
  • Shu bilan birga kutilmagan daromadingizni ham saqlab qolishingizni tavsiya qilamiz. Masalan, ular mukofot mablag‘i, tug‘ilgan kunga berilgan pul yoki qaytarilgan qarz mablag‘lari bo‘lishi mumkin.
  • Mayda pullar, tanga va qaytimlaringizni aqchadoningizda saqlang, yilning ohiriga kelib sezilarli darajadagi pul mablag‘lar yig‘ilganiga ishonch hosil qilasiz.

Tavsiya №9

  • Iqtisod qilib hordiq olish - bu haqiqat. Buning uchun horij safaringizni oldindan rejalashtiring, odatda vaqtliroq to‘lovlarini amalga oshirsangiz tur-paket va aviachiptalarni arzon narxlarda xarid qilish imkoni paydo bo‘ladi.
  • Dam olishga chetga chiqqaningizda, “Barchasi mavjud” (all inclusive) tariflaridan foydalaning. Chunki mehmonxonalar tarkibiga kirmaydigan xizmatlar narxi qimmat bo‘ladi.

Tavsiya №10

O‘zingiz va oila a'zolaringiz uchun kiyimlarni internet do‘konlardan sotib olishga harakat qiling. Bu bilan siz yetarli mablag‘ni iqtisod qilishingiz mumkin. Sabab, bozor va do‘konlarda ijara xarajatlari evaziga sotuvchilar asl narxlarni yuqoriroq belgilaydi.

Yuqoridagi tavsiyalar orqali, kerak va muhim bo‘lmagan xarajatlaringizni aniqlab, oilaviy budjetingizni samarali boshqarishingiz mumkin bo‘ladi.




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Oilaviy budjet

Oilaviy budjet

Pul haqida bolalar bilan qanday gaplashish kerak

Pul haqida bolalar bilan qanday gaplashish kerak

Moliyaviy maqsadlar nima va qanday qilib ularni to‘g‘ri belgilash hamda ularga erishish mumkin?

Moliyaviy maqsadlar nima va qanday qilib ularni to‘g‘ri belgilash hamda ularga erishish mumkin?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X