Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda moliyaviy xavfsizlikning 7 qoidasi

Oxirgi yangilanish:  1 Mar 2022 12:37
2326
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda moliyaviy xavfsizlikning 7 qoidasi
7

1. Bank karta ma'lumotlarini joylashtirmang va tarqatmang

Birinchi navbatda bu bank kartasini rasmiga ta'luqli. Albatta, agar biror inson kartasiga pul o‘tkazmasini kutayotgan bo‘lsa, unga karta raqamlarini yozib yuborishdan ko‘ra rasmga olib yuborish qulayroq. Biroq bu xavflidir. Unutmang, kartadan kartaga pul mablag‘larini o‘tkazish uchun 16 talik raqamni o‘zini bilish kifoya. Ko‘pchilik bank va to‘lov tizimi operatorlarining mobil ilovalarida aloqa raqami orqali to‘lovlarni amalga oshirish funksiyasi ham ishlab chiqilgan.

Bu muhim! Agar sizdan bank kartasining boshqa ma'lumotlarini so‘rashsa ehtiyotkorlik chorasini ko‘ravering. Telefon raqamingizga kelgan sms xabarnomalardagi PIN kodlarni hamda CVC/CVV kodlarni hatto to‘lov tashkilotlari yoki bank xodimlariga ham ma'lum qilish mumkin emas.

2. Asosiy bank kartangizni onlayn xaridlar uchun ishlatmang

Internet orqali xaridlarni amalga oshirishda asosiy bank kartangizdan, ayniqsa oylik maoshingiz tushuvchi kartadan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Bunday xaridlarni amalga oshirishda virtual bank kartalaridan yoki elektron hamyondan foydalanish tavsiya etiladi.

To‘lovlar amalga oshirilayotganda 3D-Secure xavfsizlik texnologiyasi qo‘llanilishiga e'tibor qarating. Bank kartasini ijtimoiy tarmoqlardagi hisob bilan bog‘lash ham qo‘shimcha xavflarni keltirib chiqaradi.

3. Maxfiylik va ikki tomonlama autentifikatsiya sozlamalarini yoqing

Agar ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizdan faqat do‘stlaringiz bilan muloqot qilish uchun foydalansangiz, unda o‘z sahifangizni begonalar kuzatmasligi uchun maxfiylik sozlamasini yoqib qo‘yganingiz ma'qul. Bu shaxsiy va muhim ma'lumotlar tarqalishini oldini oladi. Bunday sozlamalar deyarli barcha mashhur ijtimoiy tarmoqlarda mavjud.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifaning xavfsizlik darajasini oshirish imkonini beruvchi yana bir vosita ikki tomonlama autentifikatsiya hisoblanadi. Bunda paroldan tashqari ijtimoiy sahifaga kirish uchun yana bitta tasdiq kod (qo‘shimcha parol, sms xabarnoma orqali kelgan kod) kerak bo‘ladi.

4. Ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy profilingizdan chiqib keting

Agar siz boshqa bir qurilmadan ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga kirgan bo‘lsangiz, foydalanib bo‘lganingizdan so‘ng undan chiqib ketishni unutmang. Hatto bu siz ishongan insonning telefon qurilmasi yoki kompyuteri bo‘lsa ham. Ushbu qurilmalar notanish insonlar qo‘liga tushib qolishi mumkin va bunda sizga tegishli bo‘lgan ma'lumotlar xavf ostida qoladi.

Shuni ham e'tiborga olingki, ba'zi internet brauzerlari parolni eslab qolishni taklif qiladi. Bu foydalanuvchining ishini osonlashtiradi, ayniqsa bir vaqtning o‘zida ko‘plab saytlarga kirish talab etilsa. Ammo ushbu operatsiya bilan ehtiyot bo‘ling, chunki qurilmangiz yo‘qolgan taqdirda, firibgarlarda ma'lumotlaringizdan foydalanish imkoni paydo bo‘ladi. Shuning uchun, parolni avtomatik saqlab qolish funksiyasidan faqatgina kompyuteringiz himoyalangan taqdirda foydalanishni tavsiya etamiz.

5. Profildan ma'lumotlarni saqlash ombori sifatida foydalanmang

Ijtimoiy tarmoqlar matnli xabarlar, hujjatlar, videolar va shu kabi boshqa ma'lumotlarni saqlash va uzatish uchun bepul imkoniyatni taqdim etadi. Biroq shuni esda tutingki, ma'lumotlarni firibgarlarning qo‘liga tushib qolish xavfi mavjud.

Shu sababli, quyidagi ma'lumotlarni saqlash va uzatishdan saqlaning:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar;
  • ko‘char/ko‘chmas mulk hujjatlari;
  • mobil banking va banklarning mobil ilovalariga kirish uchun login va parollar;
  • elektron bilet/ yo‘llanmalar va boshqalar.

6. Maxfiy ma'lumotlarni bo‘lishmang

Profilingizdagi ma'lumotlardan foydalanishga ruxsat so‘raydigan veb saytlardan ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifangiz orqali ro‘yxatdan o‘tmang. Ayrim veb saytlar so‘rovlarda qatnashish, izoh qoldirish yoki test natijalarini bilish uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali ro‘yxatdan o‘tishni taklif qilishi mumkin.

Rasm/videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishdan oldin quyidagilarga e'tibor bering:

  • ma'lumotlarning muhimliligi – ijtimoiy tarmoqqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning fotosuratlari / videolarini joylashtirmang;
  • geolokatsiya – firibgarlar yashash joyigiz, ish joyingiz, bolalar boradigan maktab haqida ma'lumot olishlari mumkin;
  • fon – fotosurat / videoda muhim ma'lumotlar, masalan, avtomobil raqamlari mavjud emasligiga e'tibor bering.

7. Notanish odamlar tomonidan yuborilgan xabarlarda keltirilgan noma'lum havolalarga kirmang

Tanlovlarda pul, gadjet yoki boshqa sovrin yutish haqida yuborilgan elektron xatlardagi havolalarni bosmang, ayniqsa, begona saytlarga bank kartasi ma'lumotlarini kiritmang. Bank kartangizga kirish imkoniyatini qolga kiritgan  firibgarlar sizning pul mablag‘laringizni o‘g‘irlashlari mum




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Oilaviy budjet

Oilaviy budjet

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X