Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Farzandlaringizga virtual tovarlarni sotib olish uchun bank kartangizni onlayn o‘yin platformalariga ulashiga ruxsat berasizmi?

Oxirgi yangilanish:  1 Noy 2024 09:57
843
Farzandlaringizga virtual tovarlarni sotib olish uchun bank kartangizni onlayn o‘yin platformalariga ulashiga ruxsat berasizmi?

Agar javobingiz ha bo‘lsa, unda siz ushbu maqolani diqqat bilan o‘qib chiqishingiz kerak.

Vaziyat: O‘n yoshli Said virtual o‘yinlarga qiziqadi va u ixtisoslashgan onlayn-do‘kon orqali virtual tovarlar (masalan, qahramonlar uchun qurollar) sotib olishga qaror qildi. U ota-onasining bank kartasidan foydalandi. O‘z qilmishining oqibatini tushunmagan bolakay kartani o‘yin platformasiga bog‘lab, ota-onasiga xabar bermay, har oy turli virtual narsalarni xarid qila boshlagan.

Bir necha oy o‘tgach, ota-ona bank kartalaridan pul yo‘qolishini payqashdi, ammo summa kata bo‘lmagani uchun ularda bu shubha tug‘dirmadi. Hisobvaraq ko‘chirmasini sinchiklab tahlil qilgandan keyingina ular pul virtual tovarlarga sarflanganini aniqladilar.

Ota-onalar doim ehtiyot bo‘lishlari va kartalari qaysi platformalar bilan bog‘langanligini kuzatishlari, shuningdek, uzlarini bank kartalari hisob ko‘chirmalarini muntazam ravishda tekshirishlari kerak.

Bundan tashqari, bolalar onlayn platformalarda virtual mahsulotlarni sotib olayotganda, soxta do‘konlar va veb-saytlar kabi turli xil firibgarliklarga duch kelish mumkin. Firibgarlar rasmiy o‘yin yoki platforma do‘konlariga o‘xshash soxta veb-saytlar yaratadilar.

Ular virtual tovarlarni arzon narxlarda taklif qilishadi, lekin to‘lovdan keyin foydalanuvchilar hech narsa olmaydilar yoki shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlanishiga olib kelishi mumkin. Internetda soxta vaucherlarni ham sotib olish xavfi bor. Virtual tovarlar uchun soxta kodlar ham sotiladi, oqibatda ular ishlamaydigan yoki harakatsiz bo‘lib chiqadi.

Kodlar va kalitlar bilan firibgarliklar ham mavjud. Sotuvchilar yaroqsiz bo‘lgan shubhali past narxlarda virtual tovarlar uchun kodlar yoki kalitlarni taklif qilishadi.

Ishlamaydigan yoki qo‘shimcha to‘lovlarni talab qiladigan o‘yinlar uchun "faollashtirish kalitlari"ni ham sotadigan firibgarlar yo‘q emas.

Shuningdek, ular o‘yinlarda norasmiy afzalliklarni va’da qiladigan soxta "chit-dasturlar"ni sotadilar. Bu dasturlarda zararli dasturlar bo‘lishi ham extimoldan xoli emas.

Foydalanuvchilar virtual tovarlar uchun to‘lovni qaytarishni va’da qiladigan, lekin “to‘lovni qaytarish” uchun oldindan to‘lov yoki shaxsiy ma’lumotlarni talab qiladigan firibgarlarga duch kelishlari ham mumkin.

Norasmiy platformalar yoki qora bozorlar orqali virtual tovarlarni sotib olish firibgarlikka olib kelishi mumkin, chunki bunday platformalar ko‘pincha xavfsiz emas va siz haqiqiy mahsulotni olishingizga kafolat bermaydi.

Bunday xaridlarni nazorat qilish va oldini olish uchun ota-onalarga nimani tavsiya qilishimiz mumkin?

Aksariyat o‘yin platformalari va ilovalarida ota-ona nazorati o‘rnatilgan. Xarid qilish imkoniyatini cheklash yoki faqat tasdiqlash bilan xarid qilishga ruxsat berish uchun moslamani sozlang.

  • Android qurilmalarida: Google Play Family Library va Google Play ota-ona nazoratidan foydalaning. Xarid qilish uchun parol o‘rnating.
  • iOS qurilmalarida: xaridlarni cheklash va xaridlar uchun parol o‘rnatish uchun “Ekran vaqti” funksiyasidan foydalaning. O‘yin platformasidan bank kartalarini olib tashlang yoki qo‘shmang. Ilovalar do‘konida yoki o‘yin sozlamalarida barcha xaridlar uchun parol talablarini yoqing.

Shubhali yoki istalmagan operatsiyalarni aniqlash uchun hisob ko‘chirmangizni nazorat qilib turing.

Farzandlaringiz bilan ularning sarf-xarajatlarini nazorat qilish muhimligi haqida gaplashing va bunday xolatlar qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushuntiring.

Umid qilamizki, bu tavsiyalar sizga virtual tovarlarning istalmagan xaridlarini nazorat qilish va oldini olishga yordam beradi, bu sizga xarajatlar va xavfsizlik ustidan ko‘proq nazorat qilish imkonini beradi.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Oilaviy budjet

Oilaviy budjet

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Talabalar uchun soliq imtiyozi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Pulni tejashda odamlarning 5 ta xatosi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X