Shrift hajmi: A A
Sayt rangi: A A

Jismoniy shaxslar o‘zlarining nomiga kredit olishga taqiq qo‘yishi mumkin.

Oxirgi yangilanish:  22 Iyul 2025 19:44
3143
Jismoniy shaxslar o‘zlarining nomiga kredit olishga taqiq qo‘yishi mumkin.
17

Hozirgi kunda Kredit-axborot tahliliy markazi tomonidan “Kreditga taqiq” xizmati ishga tushirilgan bo‘lib, jismoniy shaxslar o‘zlarining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olish uchun o‘zi bilan kredit bitimini tuzishni taqiqlashi mumkin. firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning xabarisiz kredit mablag‘larini ularning nomiga rasmiylashtirish va mazkur kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlarini oldini olishga qaratilgan

Qonun 2025-yil 6-iyundan kuchga kirdi. Unga ko‘ra:

Xabarsiz kredit olishga cheklovlar qo‘yish:

  • Fuqarolar o‘z roziligisiz nomiga kredit rasmiylashtirilishini taqiqlash huquqiga ega bo‘ladi.
  • Agar shaxs kredit olishni taqiqlamoqchi bo‘lsa, uni maxsus «Kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestri» ga kiritiladi.
  • Agar shaxs o‘z fikrini o‘zgartirsa, taqiqni olib tashlash imkoniyati mavjud.

Kredit axborotidan foydalanish tartibi qat’iylashtirildi:

  • Kredit axboroti qonunga zid ravishda foydalanilsa yoki taqiqlangan shaxslarga kredit berilsa, banklar jazolanadi.

Kredit byurolari uchun yangi talablar belgilanda:

  • Kredit byurolari o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq tarzda amalga oshirishi shart.
  • Agar kredit byurolari ma’lumotlarni noto‘g‘ri taqdim etsa yoki qonun talablarini buzsa, ularga nisbatan Markaziy bank sanksiyalari qo‘llaniladi.

Fuqarolar kredit olishdan voz kechish bo‘yicha arizalarni

  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron tarzda
  • Davlat xizmatlari markazlaridan
  • Kredit byurolari orqali yozma va elektron shaklda topshirishlari mumkin.

«Kreditga taqiq» xizmatidan doydalanish hozirgi kunda bepul.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Lizing o‘zi nima?

Lizing o‘zi nima?

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Kreditni so‘ndirish usullari | Kredit bo‘yicha to‘lovlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X