Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Oxirgi yangilanish:  23 Iyul 2021 14:33
68264
Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?
681

Siz uy-joy sharoitingizni yaxshilamoqchimisiz: xonadon sotib olish yoki o‘z uyingizni ta'mirlashni rejalashtiryapsizmi? Ushbu maqola orqali bank kreditlaridan foydalanib rejangizni amalga oshirish haqida bilib olasiz.

Agar sizda yuqoridagi moliyaviy maqsadlarga erishish uchun zarur jamg‘armangiz shakllanmagan bo‘lsa, “Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksionerlik jamiyati resurslari hisobidan ajratiladigan kredit evaziga rejalaringizni amalga oshirishingiz mumkin.

Buning uchun:

  • sizda murojaat vaqtida nomingizda boshqa ipoteka krediti mavjud bo‘lmasligi zarur;
  • 18 yoshga to‘lgan va doimiy daromadga ega bo‘lishingiz lozim;
  • Doimiy daromadga ega bo‘lishingiz kerak

Ushbu resurs hisobidan kreditlar quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

bir xo‘jalikka (oila) mo‘ljallangan xonadon (kvartira) yoki uy (hovli) sotib olish:

  • birlamchi bozor;
  • ikkilamchi bozor;

yashab turgan xonadon/uyingizni ta'mirlash.

Kredit summasi cheklanganmi va shartlari qanday?

Demak, ushbu ikki maqsad bo‘yicha kredit shartlari quyidagicha:

Xonadon/uy sotib olish Xonadon/uyni ta'mirlash
Kreditning maksimal miqdori 400 mln. so‘mgacha (uy-joyning 74 foizigacha) 80 mln. so‘mgacha
Boshlang‘ich badal 26 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda Boshlang‘ich badalsiz
Kredit muddati 240 oygacha 120 oygacha
Kredit foizi Yillik 17,5 foiz Yillik 16,5 foiz
Kredit ta'minoti Sotib olinayotgan uy-joy Ta'mirlanayotgan uy-joy

Bank ushbu kreditni sizga ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilishi uchun sizning kredit tarixingiz ijobiy bo‘lishi lozim, ya'ni boshqa kreditlaringiz bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan bo‘lishingiz, muddati o‘tgan joriy qarzdorligingiz bo‘lmasligi zarur.

Agar qarz oluvchining oylik daromadi kredit to‘lovlarini qoplashga yetmasachi?

Agar sizning oylik daromadlaringiz kredit to‘lovlariga yetmasa hech xavotir olmang. Siz o‘zingiz bilan yashab turgan doimiy daromadga ega bo‘lgan yaqin qarindoshlaringizni o‘zingizga sherik qarzdor qilishingiz mumkin. Bunda, ular ham siz bilan teng miqdorda kreditning barcha to‘lovlari bo‘yicha javobgar bo‘ladilar. Shuni e'tiborga olingki, siz va birgalikda qarz oluvchilarning jami o‘rtacha oylik daromadlari 15 mln.so‘mdan oshmasligi lozim.

Tabiiyki sizda bunday kreditlarni olish uchun bankka qanday hujjatlar topshirish kerakligi haqida savol bo‘lsa kerak:

  • ariza;
  • pasport nusxasi (qarzdor va birgalikda qarz oluvchilar);
  • daromadlar to‘g‘risida ma'lumotnoma (qarzdor va birgalikda qarz oluvchilar).

Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda kreditning maqsadidan kelib chiqib, quyidagi hujjatlar talab etiladi:

Xonadon/uy sotib olish Xonadon/uyni ta'mirlash
Birlamchi bozor Ikkilamchi bozor
Pudrat qurilish tashkiloti bilan tuzilgan dastlabki oldi-sotdi shartnoma mustaqil baholovchi tomonidan taqdim etilgan sotib olinayotgan xonadon/uyning baholash hisoboti mavjud uy-joyni ta'mirlash bo‘yicha xarajatlar smetasi mustaqil baholovchi tomonidan taqdim etilgan mavjud uy-joyning baholash hisoboti Pudrat qurilish tashkiloti yoki qurilish materiallarini sotuvchi korxona bilan tuzilgan shartnoma
E'tibor qarating! Ta'mirlash uchun ipoteka krediti pudrat qurilish tashkilotining hisobvarag‘iga yoki qurilish materiallari sotuvchi korxonaning hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Ushbu kreditlarni qaysi banklardan olish mumkin?

“Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ resurslari hisobidan quyidagi tijorat banklari ipoteka kreditlarini ajratadi:

1. Ipoteka-bank

2. Sanoat qurilish banki

3. Asaka bank

4. Qishloq qurilish banki

5. Turon bank

6. Agro bank

7. Hamkorbank

8. Xalq banki




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Pensionerlar uchun kreditlar

Pensionerlar uchun kreditlar

Lizing o‘zi nima?

Lizing o‘zi nima?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X