Pensionerlar uchun kreditlar

Oxirgi yangilanish:  28 Iyun 2021 17:40
5310
Pensionerlar uchun kreditlar
59

Pensionerlar qanday kreditlardan foydalanishlari mumkin, qaysi turdagi kreditlar kafilsiz beriladi va yana boshqa savollarga ushbu maqolada javob beramiz.

Banklar doimiy daromadga ega shaxslar yoki pensionerlarga kredit ajratish bo‘yicha qaror qabul qilishdan oldin ajratiladigan qarz mablag‘larining foizi bilan birgalikda qaytarilishiga ishonch hosil qiladi. Buning uchun qarzdor va kafil yoki birgalikda qarz oluvchi haqida bir qator ma'lumotlarni o‘rganib chiqiladi, xususan:

Kredit tarixi: bunda, oldingi kreditlar bo‘yicha to‘lovlarning kechikkanligi tahlil qilinadi.

Kredit bo‘yicha to‘lov qobiliyati: bunda, o‘rtacha oylik daromad va uning doimiyligi inobatga olinadi

Qarz yuki: bunda, joriy va olinishi rejalashtirilayotgan kredit bo‘yicha barcha to‘lovlarni qarzdorning o‘rtacha oylik daromadiga nisbatan foizdagi ulushi o‘rganiladi. Deylik, Sizning nafaqangiz 1,8 mln.so‘mni tashkil etsa, Sizga har oy 900 ming so‘m-1,2 mln.so‘mdan kredit to‘lovi hisoblanadigan kredit summasini olishingiz tavsiya etiladi.

Pensionerlarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha quyidagi ma'lumotlarga e'tibor qarating:

Sizga kichik miqdorda, qisqa muddatlarda va ta'minotsiz qarz miqdorlari zarurmi?

Bunday vaziyatda Siz Xalq bankining ta'minotsiz pensiya-overdraft kreditidan foydalanishingiz mumkin. Kreditni ajratish shartlari:

  • Kredit summasi – nafaqa/pensiya miqdorining 50 foizigacha, ammo 735 ming so‘mgacha (BHMning 3 barobarigacha)
  • Kredit muddati – 12 oy
  • Foiz stavkasi – yillik 14 foiz
  • Zarur hujjatlar – ariza va pensionerning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi

Siz o‘zingiz yashab turgan uyingizni ta'mirlatmoqchimisiz?

“Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksionerlik jamiyati mablag‘lari hisobidan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan jismoniy shaxslarga yashab turgan o‘ziga tegishli xonadonni ta'mirlash uchun quyidagi shartlarda kredit ajratiladi:

  • Kredit summasi – 80 mln.so‘mgacha
  • Kredit muddati – 10 yilgacha
  • Foiz stavkasi – yillik 17 foiz
  • Kredit ta'minoti – qarzdorga tegishli, kredit hisobiga ta'mirlanayotgan uy-joy
  • To‘lov grafigi – annuitet usulda

Masalan, uy-joyni ta'mirlatish maqsadida 40 mln.so‘m kredit olsangiz, har oy 695 ming so‘mdan to‘laysiz. Agar kredit to‘lovlari uchun mablag‘laringiz yetmasa, bank sherik qarzdorning daromdalarini hisobga olishi mumkin.

Zarur hujjatlar – ariza, shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, daromadlari to‘g‘risida ma'lumotnoma, mavjud uy-joylarni ta'mirlash uchun smeta, pudratchi yoki qurilish mollari sotuvchisi bilan tuzilgan shartnoma

Shaxsiy uy-joyni ta'mirlash uchun kreditlar shartnomaga asosan pudrat qurilish tashkilotining hisobvarag‘iga yoki qurilish materiallari sotuvchi ho‘jalik yurituvchi sub'ektining hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li ajratiladi.

Shuningdek, Siz tijoriy kreditdan (mikroqarz, iste'mol krediti, avtokredit, ipoteka krediti) foydalanishingiz mumkin. Bunday takliflarni, ya'ni pensiya yoshiga to‘lgan fuqarolarga iste'mol krediti, avtokredit va ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha ko‘plab xususiy tijorat banklari taqdim etishlari mumkin. 

Bunda, asosiy talab qarzdor va birgalikda qarz oluvchilarning oylik daromadlari kredit bo‘yicha to‘lovlarni to‘lashda yetarli, qarz yuki 50-70 foizdan oshib ketmasligi hamda ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi zarur. Ba'zi xususiy banklar qarz yuki 50-70 foizdan oshib ketganda, birgalikda qarz oluvchi yoki kafilning daromadlari bo‘yicha hujjatlarni talab etishi mumkin.

Har qanday kredit turidan foydalanayotganda qarz yukingizni haddan ziyod oshib ketmasligiga va Sizga ortiqcha muammolarni yuzaga keltirmasligiga alohida e'tibor qarating. Buning uchun esa moliyaviy imkoniyatingiz yetadigan darajada kredit olib, bank xizmatlaridan unumli foydalaning.




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?
91

Uy-joy sotib olish va ta'mirlash uchun qanday kreditlar olish mumkin?

Pensionerlar uchun kreditlar
59

Pensionerlar uchun kreditlar

Lizing o‘zi nima?
36

Lizing o‘zi nima?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X