Xalqaro investitsion pozitsiya

Oxirgi yangilanish:  9 Okt 2020 19:27
33
 Xalqaro investitsion pozitsiya

Xalqaro investitsion pozitsiya – mamlakatning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan moliyaviy holatini belgilovchi muhim ko'rsatkich bo'lib, xorijiy aktivlari (chet eldagi pul mablag'lari, mol-mulklar, berilgan qarzlar, bankdagi omonatlar va boshqalar) va boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlarini (xorijliklarning mamlakatdagi pul mablag'lari, ularning mol-mulklari, olingan qarzlar, bankdagi omonatlar va boshqalar) o'z ichiga oladi.

Mamlakat xalqaro investitsion pozitsiyasi turli sektorlarining (davlat, xususiy va boshqa sektorlarning) aktiv va majburiyatlarga bo'linib, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar, portfel investitsiyalari, boshqa investitsiyalar bo'yicha qoldiqlarni o'zida aks ettiradi. O'z navbatida, rezerv aktivlari bo'yicha qoldiqlari (majburiyatlar qismida muqobiliga ega bo'lmagani uchun) faqatgina aktivlar qismida ko'rsatiladi.

Sof xalqaro investitsion pozitsiya (SXIP) – tashqi aktivlar va majburiyatlarni solishtirgan holda, mamlakatni “sof kreditor” yoki “sof qarzdor” ekanligini ko'rsatadi.

Misol uchun, manfiy SXIP, davlatni “sof qarzdor”ligini bildirib, xorijiy davlatlarning mahalliy davlatdagi aktivlari, mahalliy mamlakatning xorijiy aktivlaridan ko'pligini anglatadi. Aksincha, ijobiy SXIP mahalliy davlatni “sof kreditor”ligini bildirib, mahalliy davlatning xorijiyaktivlari, xorijiy davlatlarning mahalliy mamlakatdagi aktivlaridan ziyodligini ko'rsatadi.

Xalqaro investitsion pozitsiya to'lov balansi hisoboti bilan birgalikda mahalliy iqtisodiyotning xalqaro hisoblar to'plamini aks ettiradi. Jahon amaliyotida bu ko'rsatkich, asosan Markaziy bank yoki Statistika qo'mitasi tomonidan har chorakda foydalanuvchilar e'tiboriga havola qilinadi.



Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

To‘lov balansi haqida nimalarni bilasiz?
1

To‘lov balansi haqida nimalarni bilasiz?

 Xalqaro investitsion pozitsiya

Xalqaro investitsion pozitsiya

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X