Professionallar va soxta motivatorlar o‘rtasidagi farq nima?

Oxirgi yangilanish:  6 Avg 2024 14:27
76
Professionallar va soxta motivatorlar o‘rtasidagi farq nima?
4

Professional va muvaffaqiyatli motivatorlarning nutqlari tinglovchilarni ilhomlantirish va rag‘batlantirishga qaratilgan. Ular e’tiborni, energiyani boshqarishga qodir bo‘lib, haqiqatdan ham insonning o‘zini o‘zi rivojlantirishda to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsata olishadi.

Ammo bugungi kunda o‘zini “motivator” deb e’lon qilgan minglab odamlar (infolo‘lilar) va «insofsiz» bloggerlar mavjud. Ular kurslar, treninglar, kitoblar va boshqa o‘quv materiallarini sotadigan odamlardir. Ularning o‘zlari o‘zlarini biznes-trenerlar, kouchlar, motivatorlar deb atashlari mumkin.

Ko‘pgina sodda odamlar ularga ishonib treninglariga pul va vaqt sarflashadi. Treninglarning nomlari har xil bo‘lishi mumkin: "Orzular marafoni", "Pul marafoni", "Millionerlarcha fikrlash ", "Million dollarlik strategiyalar" va h.k.

Ma’lum bir haq evaziga soxta motivatorlar dabdabali hayot sirini ochishga va’da berishadi. Odatda esa hech qanday sir yo‘q va ular istagan yagona narsa - mijozlar aldanayotganini tushunmaguncha, tezroq pul topish.

Mijozlarni jalb qilish uchun ular o‘zlarining yutuqlari va muvaffaqiyatlari haqida gapirishni yaxshi ko‘radilar. Qimmatbaho mashinalar, hashamatli uylar va sayohatlardagi fotosuratlar bunday odamlarning ijtimoiy tarmoqlardagi postlarining ajralmas qismidir. "Havo sotuvchilari"ning asosiy maqsadlari, treninglarga tashrif buyuruvchilar ularning professional ekanligiga shubha qilishdan oldin, imkon qadar tezroq boyib ketishdir.

Ularga professional motivatorlardan ko‘ra ko‘proq ishonishadi.

Ko‘pincha ular o‘z atrofida go‘yoki muvaffaqiyatli mutaxassislardan iborat o‘zlarining hamjamiyatini tuzadilar. Hatto birgalikda ta’lim tashkiloti sifatida niqoblangan markaz tashkil qilayotganlar yo‘q emas. Garchi bu haqiqat bo‘lmasa-da, kurslarni haqiqatan ham muvaffaqiyatli va bilimdon odamlar sotayotganga o‘xshaydi.

Odatda bunday kurslar mutlaqo foydasiz. Bunday odamlar mavzu bo‘yicha yuzaki bilimga ega va biznes haqidagi bir nechta kitoblardan olingan ma’lumotlarga tayanishi mumkin.

Qanday qilib vijdonsiz motivatorlar tarmog‘iga tushib qolmaslik kerak?

• Dastur ochiq manbalarda borligini tekshiring, ular Sizga nimalarni o‘rgatishlarini tushunishingiz kerak. Agar dastur ochiq manbada bo‘lmasa, kursni bemalol tark etishingiz mumkin.

• Agar ular sizni bu sir oddiy, ammo muvaffaqiyatli va boy bo‘lish uchun ozgina pul to‘lashingiz kerak, deb ishontirsa, hatto bu treninglarga vaqtni ketkazmaganingiz ham ma’qul.

• Trening qancha davom etishi, ushbu kurslarda aynan nimalar yoritilishi, amaliy topshiriqlar bo‘ladimi, bilib oling. Aniq javob yo‘qligi sizni shubxaga solishi kerak.

• Motivatorni tajribasini o‘rganing. Insonning ommaviy axborot vositalarida ekspert nashrlari bormi, u o‘quv tadbirlarda qatnashadimi? Agar motivator biznesni o‘rgatmoqchi bo‘lsa, bunday professional hech bo‘lmaganda o‘z biznesiga ega bo‘lishi kerak.

• Izohlarda odamlarning sharhlariga qarang. Haddan tashqari ijobiy va shunga o‘xshash sharhlar soxta bo‘lishi mumkin.

Rivojlanish kurslarini har doim ham «insofsiz» motivatorlar olib bormaydi. Finlit.uz sizni hushyor bo‘lishga, ishonchli manbalardan ma’lumot olishga va professional motivatorlardan rivojlanish kurslarini o‘tashga chaqirib qoladi.




Sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin:

Pul haqida bolalar bilan qanday gaplashish kerak

Pul haqida bolalar bilan qanday gaplashish kerak

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda moliyaviy xavfsizlikning 7 qoidasi

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda moliyaviy xavfsizlikning 7 qoidasi

Professionallar va soxta motivatorlar o‘rtasidagi farq nima?

Professionallar va soxta motivatorlar o‘rtasidagi farq nima?

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X