Real samarali valyuta kursi

Oxirgi yangilanish:  21 Avg 2023 12:46
489
Real samarali valyuta kursi
Yangiliklarni o‘qishda terminlar izohi va iqtisod asoslarini tushunish muhim sanaladi. Bunda sizning moliya dunyosidagi navigatoringiz – Finlit.uz yordam beradi.

Odamlar bir mamlakat valyutasini boshqa mamlakat puliga almashtirarkan, hamisha nominal valyuta kursiga duch keladi. Nominal valyuta kursi – bir mamlakat valyuta kursining boshqasiga nisbatan qiymatidir. Boshqa so‘z bilan aytganda, bu tijorat banklari tomonidan e'lon qilinadigan, o‘sha ko‘rsatkich bo‘yicha biz bank kassalari, mobil ilova yoki bankomatlar orqali valyuta ayirboshlaydigan joriy kurs sanaladi.

Biroq, iqtisodda kam uchraydigan va murakkabroq tushuncha bor. Bu real samarali valyuta kursi tushunchasidir.

Real samarali valyuta kursi – nominal ayirboshlash kursidan foydalanib, xorijiy valyutadan milliy valyutaga konvertasiya qilingan, chet el tovarlar savati va xuddi shu tovarning mahalliy savatiga nisbatan narxidir.

Bu qanday hisoblanadi?

Real ayirboshlash kursini hisoblash uchun, chet el tovarlari savati narxi nominal kurs bo‘yicha milliy valyutaga konvertasiya qilinib, xuddi o‘sha mahalliy tovarlar savatchasi narxiga bo‘linadi. Agar inflyasiya darajasi chet eldagidan ko‘ra mamlakatda yuqori bo‘lsa, unda mahalliy valyutaning real kursi nominal valyuta kursidan yuqori bo‘ladi.

Real samarali valyuta kursi bilan nominanal valyuta kursining farqi shundaki, mahalliy valyuta narxi aniq bir mamlakat valyutasiga nisbatan emas, bir nechta mamlakatlar valyutalariga nisbatan olinadi.

Real samarali almashuv kursini hisoblash nima uchun muhim?

Real samarali valyuta kursi, mamlakatning dunyo bozoridagi raqobatbardoshlik darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Undan mamlakatning asosiy savdo-hamkorlariga nisbatan raqobat bo‘yicha yondashuvini aniqlashda foydalaniladi.
Bundan tashqari, savdo-hamkorlar o‘rtasidagi narx darajasining o‘zgarishini inobatga olib, mahalliy va xorijiy inflyasiyaga nisbatan nominal almashinuv kursini boshqaradi. 

Agar milliy real samarali almashuv kursi yuqorilasa, mamlakatning dunyo bozoridagi raqobatbardoshlik darajasi yomonlashadi. Eksportlar qimmatlashib, hajmi qisqarib boradi. Bunga mutanosib ravishda, valyuta oqimining boshqa kanallari va kiruvchi valyutalar hajmi ham kamayadi. Import esa aksincha, arzonlashib, ko‘payib boradi.

Shuning uchun, agar hamkor davlatlarning valyuta kursi bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘lsa, mamlakatning raqobatbardoshligini qayta tiklash va mamlakatga valyutalar oqimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, monetar organlar milliy valyuta kursi bo‘yicha choralar qo‘llay boshlaydi

-- Mirislom Mirsamiqov




Sizga ham qiziq bo’lishi mumkin:

To‘lov balansi haqida nimalarni bilasiz?

To‘lov balansi haqida nimalarni bilasiz?

 Xalqaro investitsion pozitsiya

Xalqaro investitsion pozitsiya

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X